Menejmentda qaror qabul qilish


 Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix12.09.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#142773
1   2   3   4
Menejmentda qaror qabul qilish

2. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar. 
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili 
xisoblanadi, kaysiki unda korxona, tarmoq tarakkiyotining butun iqtisodiy va 
ijtimiy muammolari kesishadigan va bir joyda to’planadi. Boshqaruv qarorlarining 
samarasiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 

Raxbariyatning yoki guruxning shaxsiy sifatlari; 

Qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta’minoti; 



Tashkiliy xaraqter omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif 
qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, 
nazorat tizimi va x.k.); 

Texnik omillar (EXM texnik vositalaridan foydalanish va x.k.); 

Qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik 
omillar. 
Bundan kelib chiqqan xolda boshqaruv qarorlariga asosiy talablar
quyidagilardir: 
1. 
Qabul qilinadigan qarorning demoqratligi; 
2. 
Ilmiy asoslash; 
3. 
Aniq yunalganlik; 
4. 
Aniq yunaltirilganlik; 
5. 
Vaqt bo’yicha kiskalik va konkretlik; 
6. 
Qarorni bajarish operativligi. 
3. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish bosqichlari. 
Menejment amaliyotida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga 
qo’llashning ko’plab shakl va metodlari yig’ilgan. Savolllarning murakkabligi va 
mazmuniga karab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda, iqtisodiy 
taxlil, eqsport baxolarni kabi usullardan foydalanishdan raxbar faoliyat 
xarakatinnig ketma-ketligini umumiy sxemasi mavjud, uni bilish konkret qarorlini 
ko’rib chiqishga yordam beradi. Qaror qabul qilishdan oldin raxbar quyidagilarni 
aniqlab olish shart. 
1. 
Xarakat maksadi va unga erishish yo’llari. 
2. 
Muammoning muxim taraflarini; 
3. 
Kerakli moddiy, pulli va mexnat resurslarini; 
4. 
Bajaruvchilarning vazifalarini; 
5. 
Vzifa bajarilishini tashkil etish tartibini. 
Menejmentga qarorlarni qabul qilish xos, chunki xar bir raxbar faoliyati, u 
qabul kilgan qarorlarda aks etadi. Boshqaruv qarorlari jamoa demoqratiyasi va 


o’zini boshqarish prinsipi asosida kolleqtivni qaror qabul qilishda katnashuvida 
amalga oshadi. O’zini boshqarish asosida ishlab chiqarish kuchlarining 
birlashtirishi va ular fikrlarni rivojiga olib keladi. 
Tashkilot faoliyati bilan bog’liq boshqaruv qarorlari bevosita raxbar tomonidan 
ishlab chiqiladi, bu qarorlar tashkilot mezoni va qonunchilikka zid kelmasligi 
kerak. Jamoa «soveti» qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqilishining barcha 
bosqichlarida faol ishtirok etadi. Xar bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni 
o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
1. 
Maksadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yigish; 
2. 
Yigilgan axborotni klassifikatsiya qilish, taxlil qilish va baxolash, ya’ni 
axborotni qayta ishlash; 
3. 
Qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish; 
4. 
Variantlarni taxlil qilish, muxokama qilish va baxolash; 
5. 
Oxirgi va optimal variantni qabul qilish; 
6. 
Xar bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish; 
7. 
Qarorlarni muxrlab quyish; 
8. 
Qarorni bajaruvchiga qo’yilishi; 
9. 
Qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish; 
10. 
Qarorni bajarilishini nazorati va xisobi. 
Xar bir bosqichni ko’rib chiqamiz: 
1) 
Birinchi bosqichda kolleqtivdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni taxlil qilish 
asosida amalga oshadi. Bu bosqichda raxbar va kolleqtiv orasidagi o’zaro 
munosabatiga bog’liq, raxbarni bu bosqichda ishlab chiqarish o’zluqsizligini 
ta’minlash maksadida raxbar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga katta 
e’tibor berishi kerak; 
2) 
Ikkinchi bosqichda yigilgan axborot klassifikatsiyalanadi, taxlil qilinadi va 
baxolanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bulbi malaka, bilim va tadbirkorlikni 
talab kiladi; 
3) 
Uchinchi bokichda axborotni yigish davom etib, uning xakikiy imkoniyatlari 
baxolanib, bir necha o’zaro almashuvchan variantlar, ‘ni alternativalar ishlab 


chiqiladi. Alternativ variantlar mas’ul shaxslar tomonidan ishlab chiqilib bevosita 
raxbar nazorati ostida bo’ladi. 
4) 
To’rtinchi bosqichda alternativ qarorlarning taxlili va xar tomonlama 
muxokamasida qarorlar ishlab chikiiladi. Qanchalik alternativ ko’p bo’lsa, 
shunchalik qarorni optimal variantini tayyorlash samarali bo’ladi. Boshqaruv 
qarorlarning turli variantlarini taxlil va baxolash odatda ularning taxlili va xisobini 
EXMda taqqoslash orqali keladi. Keyin diqqat bilan xar bir variantning baxosini 
ko’rib chiqishadi, shuning asosida oxirgi va optimal variant tanlanadi. (5-bosqich); 
6-7- bosqichlarda, shuningdek kam ahamiyatiiyatli mazmunga ega bo’lgan, 
tanlangan qarorni aniq tasvir beriladigan bosqichdir. Bu jarayonda xujjatning ikki 
qismi ko’rib chiqiladi.: analitik va konstruktiv. Analitik qismida muammoni kelib 
chiqish sabablari, konsruktivlikda esa muammoni yechish uchun vositalar va 
resurslar, asosiy yo’llar va uslublar quriladi. Qaror ishbilarmon xususiyatiga ega 
bo’lishi kerak. Boshqaruv qarorlari amaliyotda umumiy so’zlar bilan ko’pincha 
ishlanadi (majbur qilmoq, talab qilmoq, ko’rsatmoq, nazarda tutmoq va x.k.). 
Oxigi va eng zarur bosqich bu 8.3. va 10 bosqichlar bo’lib, ular qabul 
qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liqdir. 
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonini aniq tizimli 
yondashishni nazorat qilishni talab kiladi: 

axborotning yagona kompleks tizimini yaratish. U ishlab chiqarish 
jarayonining tarkibiy qismlarini kamrab oladi, o’z vaqtida va aniq korxonaning 
iqtisodiy. Ijtimoiy-psixologik axvolini tavsiflash; 

aloxida bulmagan va shu bilan birgalikda barcha variantli yechimlar taxlili; 

ishlab chiqarishga ta’sir kiladigan kuchlarni aniqlashgina emas, balki ular 
samaradorligini xam; 

taxlil qilish uchun operativ, xisob-qitob va statistikadan foydalanish 
(sxemaga karalsin). 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin