Menejmentda qaror qabul qilish


 Boshqaruv qarorlarini (optimizasiyalash) usullari va ularni bajarilishini



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.09.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#142773
1   2   3   4
Menejmentda qaror qabul qilish

4. Boshqaruv qarorlarini (optimizasiyalash) usullari va ularni bajarilishini 
tashkil etish. 
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal variantga eng yakin 
bo’lgan, eng zur variant qabul qilinadi. Bu variant mexnatni, moliyaviy-texnik 
resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan xolda, korxonadagi mavjud xolat 
xaqidagi mantikiy axborotlarni yigib, taxlil qilish orqali kelib chiqadi. 
Optimal qarorni yoki unga yakin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni 
qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan 
ishlashning quyidagi usullari mavjud: 
*
tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy taxlil, statistik javoblar va baxolar usuli; 
*
variantli qatorlarning, ya’ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni 
taxlili, rivojlanish tendensiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xaraqterini 
aniqlash usuli; 
*
tajriba javoblarini statistik taxlilini o’z ichiga olgan, tajribaviy 
modellashtirish usuli. Yechilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish 
usuli, EXM va iqtisodiy-matematik metodlar orqali bajarilsa, xo’jalik yurituvchi 
subyektning faoliyatidagi kamchilik va yutuklari optimal ravishda ko’zatish 
mumkin; 
*
matematik dasturlash usuli; 
*
maksadlarni baxolash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul 
uqitish va motivasiya nazariyasini xisobga olib tabiatni ulchash va bashorat 
qilish uchun ishlatiladi; 
*
modellashtirish va tadbirkorlikka oid uyinlar usuli. Bu usul EҐM 
ishlatilishini takozo etadi; 
*
Noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga xar-xil 
yondashishlarni o’z ichiga olgan kidirishlar nazariyasi; 
*
xarajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yigish, taxlil qilish va 
ishlatish juda ko’p mablag talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal 
javob topishga yordam bersa xarajatlar oldida tuxtashi kerak emas; 


*
noma’lum va noaniq vaziyatlarni baxolash va taxlil qilish, odatda, 
mavjud ishonchli ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu xolda qabul 
qilinadigan qaror korxona o’z oldiga kuygan maksadga bog’liq. Ba’zan qaror 
qabul qilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va 
tendensiyasi, shuningdek taxliliy xisob-qitoblar asosida amalga oshirish mumkin 
bo’ladi. Boshqa xollarda albatta muammoning chukur taxlili va xar tomonlama 
birlashuvi kerak bo’ladi, ya’ni muammoning turlicha karab kerakli taxlil va 
xisob-qitoblar utkaziladi; 
*
qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi 
mexnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli taxlil doimo utkazilsa, qarorlarni 
ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq xolatga keladi. Soddalashgan 
xoldagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baxolash ko’pincha korxona 
faoliyatining taxlili takrorlanuvchi xolatida qo’llaniladi. 
*
mutaxassislar baxosi, mutaxassislar taxlili asosida olinadi. Bu narsa 
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan sung mutaxassislar mavjud 
mavjud qarorlar ruyxati mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib 
chiqadilar va o’zlarining yakuniy xulosalarini etadilar; 
*
Bir gurux mutaxassilar tomonidan qandaydir kiyin muammoni ijodiy 
muxokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari 
Boshqaruvning yechimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi g’oyalarning 
yo’zaga kelishiga muxit yaratish xamda muxokamadagi ishtirokchilarning 
yaxshi tanlanganligi alternativ yechimni topishga va muammoni to’g’ri xal 
qilishga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Qabul qilingan qarorlarning maksadga muvofiq xolda bajarilishi uchun ishlab 
chiqarish jarayonida maxsus maksadga yunaltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, 
matrisali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta 
guruxga ajratish mumkin: 
1. 
Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish
2. 
Qadrlar va resurslar optimal joylashtirish operativ zaxiralarni shakllantirish; 
3. 
Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish. 


Birinchi gurux marosim. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib 
berish. Bu yerda uni o’z xoliga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga 
bir oy-ikki oyda yetib borishini ko’zatish mumkin. Bu xolda u o’z faolligini va 
mazmunini yukotadi. chunki u kech yetib boradi. 
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul 
qilishga jalb shilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror 
konsepsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maksadda 
ishlab chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya to’ziladi. Kelgusidagi ijro 
etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu yechimlarni xaqiqatga 
yakinrok qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga karaganda 
yaxshiroq bilishadi. 
Shuningdek, kolleqtiv ishchilarining muxkamada, seminarlarda, yoki loyixa 
rejalashtirini qabul qilishda katnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, 
bu kolleqtililik fakatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga oshiriladi. Kachonki 
yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo’lganda.. 
Ikkinchi gurux marosimi - bu qadrlar va resurslar manyovri shuningdek 
operativ rezervlar. Xar bir yechim moddiy ta’minotga muxtoj bo’lib, odamlarning 
qayta oriyentasiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri 
keladi. 
Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizasiyasi va ishlab 
chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va formalarini keskin o’zgarishiga olib 
keladi. Bu qadrlar strukturasiga xam ta’sir ko’rsatadi. 
Uchinchi marosimlar guruxi - bu nazorat, ya’ni chukur malakali taxlil. Tizimli 
nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bulmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, 
bunday nazoratni tashkilot aniq maksadga va kerakli mexanizmga erishish uchun 
talab kiladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin