20
o‗rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,
eng muhimi o‗z sohasi, kasbi bo‗yicha raqobatbardosh bo‗lishi uchun
zarur bo‗lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‗lishi lozim. Bundan
tashqari, ta‘limda har bir o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida
o‗quvchilarda, shu fanning o‗ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan
holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi o‗quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar
asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish
kompetensiyalarini
shakllantirish
orqali
ularni
mamlakatimiz
taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shadigan shaxs etib tarbiyalashdan
iborat. Informatika va axborot texnologiyalari o‗quv fani o‗rta
umumta‘lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‗rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limi muassasalarida umumta‘lim o‗quv fani sifatida uzviy
davom etadi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari Informatika va axborot
texnologiyalari ta‘limida o‗rganilgan o‗quv materiallarining akademik
litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari
ta‘limida aynan takrorlanmasligi, o‗quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlari, umumiy o‗rta ta‘lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda
informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga
shakllantirilishi e‘tiborga olingan. Ilg‗or milliy va xorijiy tajribalarni
inobatga olgan holda fanni o‗qitishda rivojlangan davlatlarda keng
qo‗llanilayotgan
STEM
(science, technology, engeenering and
mathematics-fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‗qitish
konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy
amallar,
algoritmlar,
blok-sxemalar
va
x.k.)
shakllantirish
metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: