13
Ikkinchi bosqich
(2001 - 2005) – Milliy dasturni toʻliq roʻyobga
chiqarish, mehnat bozori rivojlanishi
va real ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqlikla kiritish.
Uchinchi bosqich
(2005 va undan keyingi yillar) – toʻplangan
tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Taʼlimning oʻz ichiga maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta va o‗rta
maxsus, kasb-hunar taʼlimini qamrab oluvchi
yangi uzluksiz va izchil
tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar taʼlimining bakalavrlar va
magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy
etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi.
Kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh
taʼlim muassasalari vujudga keltiriladi. Taʼlim muassasalarini hududiy
yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish
ishi amalga
oshiriladi.
Uzluksiz
taʼlim tizimini rivojlantirish va uning
samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim
tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi
taʼminlanadi.
Maktabgacha ta‟lim
Maktabgacha taʼlim, 6 -7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va
boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha taʼlim
muassasalarining asosiy maqsadlari:
1.3
– rasm
Bolalarni milliy,
umuminsoniy va
madaniy qadriyatlat bilan
tanishtirish;
Bolalarga yuqori maʼnaviy va
odob ahloq asoslarini
shakillantirish
;
Bolani intellektual
rivojlantirish
;
Bolalarning jismoniy va ruhiy
sogʻligini mustahkamlash
;