73
o‗quv qo‗llanmalar, ilmiy nashrlar, texnikaga oid jurnallar, hamdo‗stlik
mamlakatlari va chet ellarda chop etilgan adabiyotlar, turli xil
bildirgichlarning vositasi kattadir. Ma‘ruza matnlari va darsliklar
bo‗yicha talaba dars jarayonida o‗qituvchi tomonidan berilgan o‗quv
materialini
takrorlaydi
va
mustahkamlaydi.
Bunda
talabalar
darsliklardan o‗qituvchi topshirig‗i bo‗yicha o‗quv materialining
ma‘lum qismini mustaqil o‗rganadilar. Biroq texnika bo‗yicha
mutaxassislikni egallayotgan talabalar uchun faqat darsliklar, ma‘ruza
matnlari bilan cheklanib qolish yetarli emas. Turli xil texnikani ishlab
chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalarda mashinalarni
loyihalashda, ishlatishda foydalanilayotgan yo‗riqnomalardan va texnika
sohasiga xos ilmiy-texnik adabiyotlaridan keng foydalanishni yo‗lga
qo‗yish talabalar bilimini to‗ldirishga va kengaytirishga imkoniyat
yaratadi. Shuningdek mashinalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda
yaratilgan ilg‗or tajribalar bilan talabalarni mustaqil tanishtirib borish
mutaxassislar tayyorlashdagi sifatni oshirish vositasi ekanligini
o‗qituvchilarimiz yodda tutishlari kerak.
Texnika oliy o‗quv yurtlari (TOO‗Yu)da talabalarning mustaqil
ishlashini birinchi kursdan boshlab, to o‗qishning oxirigacha amalga
oshirish zarur. Shuning bilan birgalikda talabalarga mustaqil o‗rganib
bilim orttirish...
Dostları ilə paylaş: