76
rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi kabilarga bog‗liq bo‗lib,
ta‘lim - tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq
dalillar va obrazlardan
ajralib qolmasligiri talab etadi.
Shu o‗rinda ko‘rsatmali qo‗llanmadan foydalanish maqsad
bo‘lmay, balki natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur.
Ko‘rsatmali qo‗llanmalardan foydalanishda o‗quv materialining
mazmuni va vaqtini hisobga olish zarur. Mashg‗ulotda ko‘rsatmali
qo‗llanmalardan haddan tashqari ko‗p foydalanish ham yaxshi natija
bermaydi. Namoyish qilinayotgan materiallarni
idrok etish jarayonida
tahsil oluvchilar sezgi organlarini (ko‘rish, eshitish, hidlash, ta‘m bilish)
ko‗proq jalb etish zarur. o‘qituvchining so‗zi bilan ko‘rsatmalilikning
uyg‗unligi
katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatmali
qo‗llanmadan
foydalanilganda beriladigan izoh tahsil oluvchilar diqqat-e‘tiborini
asosiy materiallarga qaratilishini ko‗zda tutadi.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad maxsus
soha va usullarga mos holda tanlash muhim o‗rin tutadi. Eng muhimi
shundaki, amaliyot o‘qituvchisi o‗quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata
olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni
bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan
texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim. Masalan:
tikuv
mashinasi ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlarni bartaraf eta bilishi, asosiy
sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira olishi kerak,
ya‘ni o‗z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi lozim. Amaliyot
o‘qituvchisi o‗z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday
yangiliklar
borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o‗zi
yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega
bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: