beshikdan to qabrgacha...
kerakligini tushuntirib borish
ayni muddaodir.
Ma‘lumki, o‗qituvchilar talabalarni shug‗ullantirish uchun ular
adabiyotlarni sinov va imtihonlarga tayyorgarlik ko‗rish vaqtida ma‘lum
qiladilar. Natijada talabalar o‗quv va yordamchi adabiyotlar bilan
kechroq tanishadilar. Mustaqil o‗qishni ushbu usulda tashkil etish
unchalik samara bermasligi mumkin.
Mustaqil o‗qishni talabaning TOO‗Yuda o‗qishining birinchi
kunlardanoq boshlab tashkil etish yaxshi samara berishi mumkin.
Shuning uchun o‗qituvchilar talabalar tomonidan mustaqil
o‗rganiladigan materialni nisbatan soddaroq va o‗qituvchi
maslahatiga talab tug‗ulmaydigan darajada tanlanishi, keyinchalik
esa talabalarda mustaqil o‗rganish tajribasi yig‗ilib borishi bilan
tanlanadigan materialning murakkablik darajasi asta-sekin oshiri-
lishi maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi, uni
o‗qib chiqib tushunish, eslab qolish nuqtai nazardan emas, balki
ma‘lum bir o‗quv masalalarni (masalan, masala yechishni, kurs
74
loyihasi va bitiruv ishi loyihalarini) hal etish uchun zarur bo‗lgan
materiallarni topish nuqtai nazardan qarash kerak. Mazkur holda
talabalar adabiyot va boshqa manbalar bilan ishlashning mohiyatini
ko‗radilar. Ushbu holat talabaning ishlab chiqarishda tezroq
yondashib ketishiga tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Mustaqil bilim egallash o‗quv xonasida va uy sharoitda amalga
oshiriladi.
3.5 - rasm
O‗qitishning texnik vositalaridan ta‘lim - tarbiya jarayonining
tashkil etuvchi komponentlari bilan uzviy bog‗liqlik va munosabatlami
hisobga olgan holda foydalanish zarur. Aks holda mashg‗ulot samarasini
umuman yo‘qqa chiqarish ham mumkin.
Mashg‗ulotda
o‗qitishning texnik vositalaridan foydalanish
yordamchi xarakterga ega bo‗lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi
darsning umumiy rejasidanmaqsadga muvofiq ravishda belgilanadi.
Hozirga paytda ta‘lim - tarbiya jarayonida o‘qituvchining jonli muloqoti
muhim ahamiyatga ega bo‗lganligiga qaramay, u yagona axborot
manbayi bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat.
• Audiovizual vositalar
(kinoproyeksiya,
diaproyeksiya va epi
proyeksiyalar, ovoz
yozib olish,
televideniye, radio);
• Jihozlar, uskuna va
asboblar;
• . Dasturli
(kompyuterli) ta‘lim
vositalari.
|