O‗qitishning maqsadi va vazifalari
- o‗qitish metodini yagona ravishda
aniqlamaydi. Ma‘lum bir mazmun bir necha metod bilan o‗rganilishi mumkin.
Bunda albatta har bir metod yordamida o‗qitish maqsadlariga erishiladi.
O
‗qitish metodlari ko‗p qirralidir -
shu sababli ham ularni ko‗plab
tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar
bo‗yicha jamlanadi.
93
O‗qitishning qiziqtiruvchi metodlari.
Ma‘lumki, informatika
o‗quv predmetining asosiy vazifasi o‗quvchilarni zamonaviy
informatikaning ba‘zi bir umumiy g‗oyalari bilan tanishtirish,
informatikaning amaliyotdagi tatbig‗ini va kompyuterlarning zamonaviy
hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni
hisobga olgan holda, o‗quvchilarga nafaqat faktlarning qat‘iy ilmiy
bayonini berish, balki o‗qitishning turli qiziqarli metodlarini ham
qo‗llash lozim.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi bir necha asrlar davomida
o‗zgarmay kelgan holatlarni o‗zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat
yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan
almashinishida namoyon bo‗ldi.
Endilikda esa ta‘lim tizimida ta‘lim olishning an‗anaviy shakllari
o‗rniga masofaviy ta‘lim elementlari kirib keldi. Yangi texnologiyalar
kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur‗atlar bilan o‗sib
borayotgan hozirgi davrda ta‘lim jarayonida axborot resurslarini tashkil
etish va ta‘limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e‗tibor
qaratilmoqda. Jumladan, «O‗zbekiston Respublikasida «Elektron ta‘lim»
milliy tizimini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida» 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740-son qarori ta‘lim
sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon
axborot resurslaridan bahramand bo‗lishni kengaytirishga zamin
yaratadi. Ta‘lim tizimiga elektron ta‘limni joriy etish birinchi navbatda
jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta‘lim sohasining
axborotlashuviga, axborot ta‘lim resurslarini ishlab chiqishga bog‗liq.
Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‘limni
axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta‘limni joriy etishga alohida
e‗tibor
qaratilmoqda.
Elektron
ta‘limni
rivojlantirish,
uning
samaradorligini oshirish yo‗llari izlanmoqda, ta‘limda yangi axborot
texnologiyalarini joriy etish ta‘lim sohasidagi islohotlarning diqqat
markazidan o‗rin olgan.
Insoniyat XX asr nihoyasida bir turkum muammolarga duch
keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy
o‗zgarishlar, xususan, axborot texnologiyalarining jadal sur‗atlar bilan
rivojlanishiga bog‗liq. Ta‘lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining
turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela
94
boshladi. Internet global kompyuter tarmog‗ining rivojlanishi butun
dunyo ta‘lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‗nalishlarini
ochilishiga sabab bo‗ldi. Birinchidan, o‗quv muassasalarining texnik
ta‗minotini keskin o‗zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‗l
ochilishi o‗qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini
keltirib chiqardi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini
ta‘lim jarayoniga kirib kelishi an‗anaviy o‗qitish usullariga qo‗shimcha
ravishda yangi o‗qitish shakli - masofaviy o‗qitish yaratilishiga omil
bo‗ldi. Masofaviy ta‘limda talaba va o‗qituvchi fazoviy bir-biridan
ajralgan holda o‗zaro maxsus yaratilgan o‗quv kurslari, nazorat
shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari
yordamida doimiy muloqotda bo‗ladilar. Internet texnologiyasini
qo‗llashga asoslangan masofaviy o‗qitish jahon axborot ta‘lim tarmoq
ichiga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‗zaro aloqa tamoyiliga
ega bo‗lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy
o‗qitish barcha ta‘lim olish istagi bo‗lganlarga o‗z malakasini uzluksiz
oshirish imkonini yaratadi. Bunday o‗qitish jarayonida talaba interaktiv
rejimda mustaqil o‗quv-uslubiy materiallarni o‗zlashtiradi, nazoratdan
o‗tadi, o‗qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va
guruhdagi boshqa «vertikal o‗quv guruhi» talabalari bilan muloqotda
bo‗ladi. Ma‗lum sabablarga ko‗ra, ta‘lim muassasalarining kunduzgi
bo‗limlarida tahsil olish imkoniyati bo‗lmagan, masalan, sog‗ligi taqoza
etmaydigan, mutaxassisligini o‗zgartirish niyati bo‗lgan yoki yoshi
katta, malakasini oshirish niyati bo‗lgan kishilar uchun masofaviy
o‗qitish qulay o‗qitish shakli hisoblanadi.
Masofaviy o‗qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya‗ni har bir texnologiya maqsad va
masala mohiyatiga bog‗liq. Masalan, an‗anaviy bosma usuliga
asoslangan o‗qitish vositalari (o‗quv qo‗llanma, darsliklar) talabalarni
yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video
konferensiyalar ma‗lum vaqt orasida o‗zaro muloqotda bo‗lishga,
elektron pochta to‗g‗ri va teskari aloqa o‗rnatishga, ya‗ni xabarlarni
jo‗natish va qabul qilishga mo‗ljallangan. Oldindan tasmaga muxrlangan
video ma‗ruzalar talabalarga ma‗ruzalarni tinglash va ko‗rish imkonini
bersa, maksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor
almashinish talabalarga o‗zaro teskari aloqa orqali o‗qitish imkonini
95
beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta‘lim jarayonida ayni vaqtda qayta-
qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta‗riflarni keltirib
o‗tamiz. Masofaviy ta‘lim-masofaviy o‗qitishga asoslangan ta‘lim.
Masofaviy o‗qitish - o‗zaro ma‗lum bir masofada Internet texnologiya
yoki boshqa interaktiv
usullar va barcha
o‗quv jarayonlari
komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‗qitish
usullariga asoslangan talaba va o‗qituvchi O‗rtasidagi munosabat.
Dostları ilə paylaş: |