101
dasturni ishga tushurish va unda yuz beradigan xatolliklar turlari va
ularni bartaraf etish usullari, hisoblash kabi mavzularga to‘xtalib
o‘tilgan. Shuningdek ayrim standart kutubxona
fayllari va ularni
qo‗llash bo‗yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Algoritmlarni so‗zlar orqali yoki blok-sxema ko‗rinishida
tasvirlash buyruqlar yozilishida bir qancha ixtiyoriy tarzda amalga
oshiriladi. Amaliyotda esa algoritm ijrochisi kompyuter hisoblanadi.
Shuning uchun kompyuter uchun to‗zilgan algoritm u «tushunadigan»
tilda tasvirlanishi kerak. Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq
va to‗g‗ri bajarishi uchun unga beriladigan buyruqlar yozilishi aniq va
ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi lozim.
Shu sababli
kompyuter tushunadigan til
dasturlash tili
, bu tilda
yozilgan algoritm esa
kompyuter dasturi
deyiladi.
Dasturlash asosalari 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi.
Dasturlash asoslari texnologiyasi
– dastur yaratishning usuli,
metodlari va ko‗nikmalaridir. ―Texnologiya‖ so‗zining
odatdagi
ma‗nosini inobatga olsak, u xolda ―dasturlash texnologiyasi‖ deganda
talab qilingan dasturiy ta‗minot (DT) yaratishga olib keladigan yaratish
jarayonlari, hamda ushbu jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz.
Dasturlarni loyxalashtirishning zamonaviy
industrial texnologiyasi
tizimli taxlil, ishlab chiqish, xujjatlashtirish va mutaxassislar ishini
boshqarish uchun mo‗ljallangan avtomatlashtirilgan vositalar,
hujjatlar
va boshqa tadbirlar kompleksidan iborat. Dasturiy ta‗minotni ishlab
chiqishning narxini kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini
oshirish uchun dasturlash tili, soxa, EHM
va yechiladigan masalaga
bog‗liq bo‗lmagan xolda yuqori professional saviyada dastur yaratishdan
iborat metodlar mavjud. Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb
ataladi.
O‗quvchilarning o‗zlashtirishini nazorat qilish o‗quv jarayonining
asosiy qismi hisoblanadi. Uning vazifasi o‗qitish maqsadi qaysi darajaga
yetgan-yetmaganligini aniqlashdir. Oliy ta‘limda o‗quvchilarning
bilimini nazorat qilish o‗qitish harakteriga ega bo‗lganligi uchun nazorat
qilish usullari boshqa o‗qitish usullari bilan chambarchas bog‗langan.
O‗quvchilar bilimini nazorat qilish vaqtida ham o‗qitish,
tarbiyalash, rivojlantirish funksiyalari bajariladi. O‗qitish ahamiyati
shundaki, o‗quvchi o‗z bilimi va ko‗nikmalarini doim to‘g‗rilab
turishining imkoni bo‘ladi o‗quvchilar bilimini
nazorat qilishining
102
tarbiyaviy ahamiyati juda katta. O‗quvchilarda ma‗suliyatlilik, maqsad
sari yo‗nalish, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yengish va boshqa
ma‗naviy fazilatlar shakllanadi. O‗quvchilar
bilimini nazorat qilishda
ularni rivojlantiruvchi ahamiyatiga alohida e‗tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: