Maxsus fanlarni


O‗quv materiallarini qism



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/81
tarix12.09.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#142865
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
23887 (1)

O‗quv materiallarini qism
– porsiyalab bayon etish tavsiya qilinadi. 
Bunda fikrlar fikrga, qismdan qismga mantiqan o‘tish darsdan 
ko‗zlangan asosiy maqsadni o‗quvchilar esiga tushirish, materialning 
bayon etilgan xar bir qismiga yakun yasash zarur. Bu shartlarga amal 
qilish bayon etishning mantiqiyligini oshiradi. Bayon etish mantiqi 
o‗quvchilarga tushunarli bo‘lishga xarakat qilishi lozim. 
Bayonning tushunarli bo‘lishini oshirish uchun: aniq bo‘lishi lozim, 
chunki umumiy muloxazalar, odatda, qiyinrok o‗zlashtiriladi, zarurat 
bo‘lmasa, o‗quvchilarga tushunarsiz terminlardan foydalanmaslik kerak, 
jumlalarni imkoni boricha qisqa tuzish lozim, rakamli materialni 
extiyojsiz ishlatavermaslik zarur.
Bayon etish vaqtida o‘qituvchi taqqoslashdan foydalansa
o‗quvchilar materialni yaxshiroq tushunadi. Muvaffaqiyatli bayon 
etishning eng muxim sharti o‘qituvchi bayon etayotgan o‗quv 
materialini idrok etish va tushunib olish jarayonida o‗quvchilar 
e‘tiborining turg‗un xamda fikrlash faoliyatining ilg‘or bo‗lishidir.
Ilg‘or pedagoglar o‗quvchilar e‘tiborini jalb qilib turish xamda 
fikrlash faoliyatini ilg‗orlashtirishning xar xil usullari va metodik 
usullaridan foydalanadilar, bu usullarning samaradorligi xar bir yarim 
xolda 
materialning 
mazmuniga, 
guruxning 
jamoasi 
xamda 
tayyorgarligiga, darsda foydalaniladigan jixozlarga, o‘qituvchining 
individual fazilatlari va ish tajribasiga bog‗lik bo‘ladi. Yaxshi 
pedagoglar tajribasini jamlab, eng xarakterli metodik usullarni ko‘rsatib 
o‘tish mumkin.
Nazorat savollari: 
 
1.
O‗qitish usuli deganda nimani tushunasiz? 
2.
O‗quvchilarga 
o‗quv 
materialini 
bildirishning 
asosiy 
metodlaridan biri o‗z ichiga nimalarni oladi?
 
3.
O‗qitishning qiziqtiruvchi metodlarini aytib bering. 
4.
Bayon etish deganda nimani tushunasiz? 

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin