72
pasaytirishda,
tuproqlarning
sho‘rini
kamaytirishda,
tuproqlarning
fizik-kimyoviy
xususiyatlarini yaxshilashda muxim ahamiyatga ega. Beda ekilgandan so‘ng, g‘o‘za ekilganda,
ular vilt kasalligiga chalinmaydi. Bedadan tashqari almashlab ekish dalalariga qand lavlagi,
dukkakli-don ekinlari ekiladi. G‘o‘za g‘allali ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.
Tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq xolda yer kultivatsiya qilinadi, yuza xaydaladi,
chizellanadi, shudgor qilinadi. Eng progressiv usullardan 2 yarusli shudgor qilishdir. Bunda 30-
40 sm chuqurlikda yer xaydaladi. Bu usul qo‘llanilganda tuproq oziq elementlari yaxshi taqsim
qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi, natijada xosildorlik 2,5-3,0 s ga oshadi.
O‘g‘itlash.
G‘o‘za o‘g‘itga talabchan o‘simlik. 1 t paxta xom-ashyosi va unga mos
o‘simlik poyasini xosil qilish uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg
fosfor va 50-60 kg kaliy o‘zlashtiradi. G‘o‘za oziq elementlarni eng ko‘p qismini intensiv o‘sish
davrida (gullash va etilish) fazalarida talab qiladi. Butun vegetatsiya davrida byeriladigan
umumiy azot, fosforni 60-70 % ini, kaliyni 70-80 % ini shu fazada iste’mol qiladi.
O‘rta Osiyoni ko‘pchilik tuproqlarida g‘o‘zadan yuqori xosil etishtirish o‘g‘itlar 1:0,7-
0,8:0,3-0,5 nisbatda byerilganda yaxshi natijaga yerishiladi. O‘g‘itlarni yuqori samaradorligi
ular vegetatsiya davrida bo‘lib-bo‘lib byerilganda kuzatilgan. Azotni 1
2 normasi-ekin ekish
oldidan yoki 3-4 ta chin barg chiqarish fazasida, qolgan yarim qismi 2 marta shonalash va
gullash oldidan byeriladi. Fosforli o‘g‘itlar ham 2 marta byeriladi. Asosiy 70-80% kuzgi
shudgorda, qolgan 20% ekish oldidan byeriladi. Kaliyni shonalashgacha 15-20% ini, gullash va
xosil tugish davrida 75-80 % ini iste’mol qiladi.
Azot, fosfor va kaliydan tashqari g‘o‘zani o‘g‘itlashda oltingugurt muxim rol o‘ynaydi.
Oltingugurt etishmasa, o‘simliklar yaxshi o‘smaydi, bargi sariq rangda bo‘ladi. Magniy
etishmasa o‘simlik barglari qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi. Bunday barglar tez to‘kiladi va xosilni
kamaytiradi. Tuproqga supyerfosfat solish bilan o‘simliklarni magniy bilan ta’minlash mumkin.
Natriy tuproqda etarli miqdorda bor, lekin ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simliklarni o‘sish va
rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Mikroelementlardan marganets, bor,rux, molibden muxim rol
o‘ynaydi. Mikroelementlar tuproqqa kombinirlangan o‘g‘itlar bilan solinadi yoki ekish oldidan
chigitlar shu mikroelementlar bilan purkaladi.
Sug‘orish 2-3 ta chin barg chiqargandan keyin boshlanadi. Vegetatsiya davri davomida
g‘o‘za tuproq iqlim, ob-havo sharoitiga, dalaning namiga, tuproq tipiga, sizot suvlarining
joylashish chuqurligiga bog‘liq xolda 3-12 martacha sug‘oriladi.
Ekish normsi.
CHigit 60x60 sm qilib ekilsa 1 ga yerga 35-40 kg dan, 90x25 sm qilib
ekilsa 60-70 kg urug‘ ekiladi. Vilt bilan kasallangan yerlarga, sho‘rlangan tuproqlarga ekish
normasi 10% ko‘paytiriladi. Ekish chuqurligi bo‘z tuproqlarda 4-5 sm, o‘tloqi botqoq yerlarda
3-4 sm. CHekanka (15-25 iyungacha) eng yaxshi rivojlangan uchastkalarda 17-18 ta xosil
shoxlari xosil bo‘lganda qilinadi. O‘rtacha rivojlangan maydonlarda 15-16 ta xosil shoxlari
xosil bo‘lganda olib boriladi. YAxshi rivojlanmagan paxta maydonlarida 12-14 xosil shoxlari
paydo bo‘lganda 15 avgustdan kechiktirmay qilinadi. CHekanka qo‘l bilan va mexanizatsiya
bilan olib boriladi. Mexanizatsiyalangan chekanka iyulni ikkinchi yarmi avgust boshlarida
qilinadi. Birinchi marta 50 % o‘simliklarda 15 ta xosil shoxi xosil bo‘lganda, ikkinchi marta 7-
10 kundan keyin qilinadi.
Yig‘ib-tyerib olish 2 oy mobaynida olib boriladi. SHuning uchun qo‘l bilan 4 marta,
mashinada 3 marta yig‘ib olinadi. Mashinada yig‘ib-tyerib olish 60 % ni tashkil etadi.
Mashinalar ko‘m-ko‘k barglari bo‘lgan o‘simliklarni tyerib ololmaydi. SHuning uchun mashina
tyerib olishdan oldin defoliatsiya qilinadi, ya’ni o‘simliklarni barglari kimyoviy moddalar bilan
quritiladi, natijada barglar to‘kilib ketadi va mashinalar yordamida xosil yig‘ib olinadi.
Dostları ilə paylaş: