Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Ildizmevali ekinlar 
 
Ildizmevalilar guruxi ildizida oziq moddalari to‘planib boradigan o‘simliklarni o‘z ichiga 
oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini boshidan kechiradi. Birinchi yili 
ularda ildiz bo‘g‘zida to‘p barglar va zapas oziq moddalariga ega bo‘lgan yo‘g‘on ildiz xosil 
bo‘ladi. Ildiz mevaning kallagidagi to‘pbarglar qo‘ltig‘idan kurtaklar chiqib, ular birinchi yili 
odatda o‘smaydi. Ikkinchi yili esa odatda yozilib o‘sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan 
hamda meva tugadigan poyalar xosil qiladi. Demak, ildizmevalar urug‘dan ekilib, to xosilga 
kirguncha rivojlanish siklini odatda, ikki yilda o‘tadi.
 
Ildiz mevali o‘simliklar texnika (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, sholg‘om, turp, 
lavlagi), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi) qo‘llaniladi. Qishda 
ko‘kat bo‘lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali oziq bo‘lib qoladi. Em-xashak sifatida 
barglari ham ishlatiladi. 
Bu guruxga syersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi.. Bu 
guruxlardagi o‘simliklar turli botanik oila ( sho‘radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, 
murakkabguldoshlar) vakillari bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va ko‘p yillik turlari uchraydi. 
Respublikamizda ko‘pincha ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki sabzi, xashaki lavlagi, 
sholg‘om) ekilmoqda. Bu o‘simliklar tarkibida engil xazm bo‘ladigan oqsil va uglevodlar bor. 
Ildiz mevalilar xar xil yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, 
boshqa ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi va barglari
chorva mollari uchun muxim ahamiyatga ega, ularni barglari to‘yimli bo‘lib, bargida vitaminlar 
(vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida, 
xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun ozuqa etishtirish maqsadida ekiladi. 
Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo‘ladi, ko‘p miqdorda qand, 
kraxmal, tuzlar, xar xil vitaminlar (S, V
1
, V
2
, R, RR, K, E va xokazo) va karotin bo‘ladi..

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin