70
G‘o‘za
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
G‘o‘za- bizning respublikamizda
ekiladigan eng asosiy
tolali ekinlardan biri hisoblanadi va tekstil sanoatini qimmatli tola bilan ta’minlaydi. Paxta
tolasidan satin, chit, trikotaj, ip va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Podpushka yoki lintasidan
qog‘ozning eng yaxshi navlari, gigroskopik paxta,
kinoplyonka, sun’iy tyeri tayyorlashda
ishlatiladi. Bioorganika insitutining olimlari tomonidan g‘o‘za o‘simligini chanog‘idan pektin
moddasi sintez qilindi. Bu pektin moddasi kondityer sanoatida marmelad va shokaladlarga
qo‘shiladi.
1 s paxtadan 30-35 kg tola va 60-65 kg urug‘ olinadi. 1 kg paxta tolasidan esa 20 m chit
yoki 150 ta g‘altak ip tayyorlanadi. Urug‘ida 18 dan 27% gacha yog‘ bo‘ladi, u oziq-ovqat
sanoatida, margarin, konsyervalar va sovun pishirishda ishlatiladi.
Paxta kunjarasi 38-40% oqsil tutadi, mollar uchun eng yaxshi em hisoblanadi va o‘g‘it
sifatida ishlatiladi. Lekin 1 sutkada 2,5-3 kg dan ortiq byerib bo‘lmaydi,
chunki tarkibida
gossipol degan zaxarli modda bo‘ladi. CHigitni po‘stlog‘i qog‘oz tayyorlashda, izolyasion
matyeriallar, etil va metil spirti tayyorlashda, maydalangan xolda em va o‘g‘it sifatida
ishlatiladi. Poyasi va bargidan organik kislotalar olinadi. Umuman olganda paxtadan 200 dan
ortiq buyumlar tayyorlanar ekan.
G‘o‘za qadimiy ekinlardan biri hisoblanib, yeramizdan 3
ming yil oldin Xindiston va
Xitoy, 500 yil oldin Egipetda ekilib kelingan. O‘rta Osiyoga IV-V asrda Xitoydan,
Zakavkazega esa XIII asrda Yerondan keltirilgan.
G‘o‘za juda keng tarqalgan ekin, uni 80 dan ortiq mamlakat 34 mln gektar maydonda
etishtiradi. Xindiston, AQSH, Xitoy, Braziliya va Pokistonda katta maydonlarda ekiladi.
Paxta Markaziy Osiyo respublikalarida ham ekiladi. O‘zbekistonda 1 mln. 425 min. ga
maydonda paxta etishtiriladi.
Botanik xususiyatlari.
G‘o‘za gulxayrilar oilasiga (Malvaceae), Gossypium avlodiga
kiradi. Bu ko‘p yillik tropik butali o‘simlik bo‘lib, balandligi 5-6 m ga etadi. O‘rta Osiyoda bir
yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Poyasi 40 sm dan 1,5 m gacha etadi, 7-15
yon shoxlar xosil
qiladi. G‘o‘za ildizi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 1,5-2,5 m va undan ham ortadi, ko‘p yon
ildizchalar chiqaradi, ular 30-40 sm chuqurda joylashadi. Poyasi tik o‘sadi. G‘o‘za shoxlari
o‘suv (monopodial) va xosil (simpodial) shoxlarga bo‘linadi. Monopodial shoxlar
(monopodiylar) poyasining pastki qismida rivojlanadi, undan o‘tkir burchak xosil qilib chiqadi.
Simpodial shoxlar (ya’ni simpodiylar) monopodial shoxlardan yuqoriroqdan chiqadi, ular
o‘tmas burchak xosil qilib chiqadi. Simpodial shoxlarda gul xosil bo‘ladi va meva tugiladi.
G‘o‘za barglari bitta o‘simlikni o‘zida o‘lchami va shoxligiga ko‘ra xar xil bo‘ladi.
Dastlabki 2-3
ta barg tekis qirrali, yuraksimon shaklda, qolgan 3-7 tasi bo‘lma bargdan iborat
bo‘ladi. O‘suv shoxlaridagi barglar xar qaysi bo‘g‘im oralig‘ida, xosil shoxlaridagi esa xar
qaysi shona qarshisida joylashgan bo‘ladi. Gulining gultojisi yirik, beshta tojibargdan iborat
bo‘ladi.
Tojibarglarining rangi sariq, och sariq yoki oq. G‘o‘za asosan o‘zidan changlanadi.
Kamdan-kam xolda chetdan changlanadi. G‘o‘zaning guli yertalabki soatlarda ochiladi.
Yertalab gultojbarglar och sariq rangda bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qizarib, kechga borib
so‘lib, yopilib qoladi. Kelasi kuni gultojisi binafsha rangga kirib to‘kiladi.
Mevasi yumaloq-tuxumsimon shakldagi 3-4-5 uyali ko‘sakdan iborat. Xar qaysi
chanog‘ida 5-11 tagacha chigitli paxta bo‘ladi. Bir dona etilgan ko‘sak paxtasining vazni 2-3
dan 10 g gacha keladi va undan ortadi. Eng yaxshi rivojlangan g‘o‘za tupida 100 dan ortiq
ochilgan ko‘sak bo‘ladi. 3-4
0
S sovuqda ko‘saklarini ochilishi to‘xtaydi.
Urug‘i (chigiti) tuxumsimon, bo‘yi 9-12 mm gacha, eni 6-8 mm gacha bo‘ladi. 1000
dona chigitning vazni 60-125 g keladi. Paxta tolasi-20-50 mm uzunlikdagi epidyermisning juda
cho‘ziq xujayrasidan iborat. Tola oq, ayrim navlarida och sariq,
och yashil, jigarrang yoki
qo‘ng‘ir bo‘ladi. Xar dona chigitda 10-15 mingtagacha tukcha xosil bo‘ladi. Paxta tolasining
71
asosiy texnologik xususiyatlari: tolasining uzunligi, ingichkaligi, metrik nomyeri,
pishiqligi,
uzilish uzunligi, elastikligi bilan ta’riflanadi.
Tolaning uzunligi (mm) uning eng muxim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Uzun tola eng
qimmatli hisoblanib, undan juda yaxshi ingichka ip yigiriladi. Ko‘p g‘o‘za navlarida tolaning
uzunligi 30-33 mm, ingichka tolali navlarida esa 38-40 mm bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: