Botanik xususiyatlari.
Kartoshka ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga va yovvoyi hamda
madaniy turlarni birlashtiradigan-Solanum L. avlodiga kiradi. Ulardan Solanum tubyerosum L.
eng ko‘p tarqalgan.
Kartoshkaning ildizi popuk ildiz bo‘lib, asosan tuproqning yuza 60-70 sm qatlamida
joylashadi. Ayrim ildizlar yerga 150-200 smga kirib boradi. Ildizida oq yo‘g‘on o‘simtalar
bo‘lib, unga stolon yoki o‘zgaruvchan novda deyiladi. Kartoshka poyasining ko‘pchiligi tik,
ba’zilari egilib o‘sadi. Bo‘yi sharoitga qarab keskin (30 dan 150 sm gacha) o‘zgaradi.
Kartoshka o‘simligi tupining asosiy qismi 4-8 syerbarg poyadan iborat. Tupdagi poyalar soni
naviga, ekiladigan tuganaklarning yirik-maydaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik tuganaklardan o‘sib
chiqqan o‘simliklar mayda tuganaklardan o‘sib chiqqan o‘simliklarga qaraganda syerpoya
bo‘ladi. Tupdagi poyalar soni ma’lum darajada tuganak xosili ko‘p yoki kam bo‘lishini
ifodalaydi.
Kartoshka poyasining yer ostki qismidagi qo‘ltiq kurtaklaridan novdalar-stolonlar
rivojlanadi, ularning uchi yo‘g‘onlashadi (tuganaklar xosil bo‘ladi). Stolonlar yertagi navlarda
qisqaroq, kechkilarida uzunroq bo‘ladi.
Kartoshka barglari oddiy, uzun-uzun, toq patsimon, cheti tekis bo‘lib, bir juftdan uch
juftgacha, ba’zan ko‘proq barg xosil qiladi.. Poyaga birikadigan joyda barg o‘qi barg bandiga
aylanadi. Oxirgi barg bo‘lagi odatda, qolganlardan yirikroq bo‘ladi.
Guli to‘pgulga yig‘ilgan bo‘lib, turli uzunlikdagi gulpoyada tutash joylashgan. Gulbandi
qismlarga ajralgan. Guli beshtalik tipda. Xar xil rangda oq, ko‘k, to‘q ko‘k, binafsha rang,
qizg‘ish-binafsha rangda bo‘lib, turli tusda tovlanadi. Gulining o‘rtasida 5 ta changchisi bor.
Urug‘chisi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat. Gul kosasi tutashib o‘sgan, beshta
gultojibargi bor. Kartoshka o‘zidan changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki uyali syersuv rezavor
meva bo‘lib, juda ko‘p mayda yassi urug‘i bor. 1000 dona urug‘ining vazni 0,5 g keladi. Ammo
hamma navlari meva tutmaydi. Kartoshka tuganagi yo‘g‘onlashgan qisqa poyadan iborat.
Kartoshka tuganaklari yumaloq, cho‘zinchoq va ovalsimon shaklda bo‘ladi. Bu kartoshka
naviga va etishtirilayotgan sharoitga ko‘ra o‘zgarib turadi. Tuganaklarining eti oq, sariq, qizil
va zangori rangda bo‘ladi. Po‘sti sariq, pushti, qizil, och zangori yoki ko‘k rangda bo‘lishi
mumkin. Tuganaklarining po‘sti kartoshka naviga bog‘liq bo‘lib, silliq, g‘adir-budur yoki
to‘rsimon bo‘lishi mumkin. Kartoshka tuganagi usti epidyermis bilan qoplangan, pishib
75
etilganda u ko‘chib to‘kilib ketadi. Po‘stloq o‘z navbatida havo o‘tkazmaydigan, pyeridyerma
bilan qoplanadi. Uning ustida po‘kak qatlami shakllanib, kartoshka po‘sti paydo bo‘ladi, bu esa
uni tashqi muxit ta’siridan saqlaydi. Ichki qismi yirik, g‘ovak parenxima xujayralaridan iborat,
ularning ichi oqsil moddalari va kraxmal donalari bilan to‘lgan. Po‘stloq ostida xosil qiluvchi
to‘qima (kambiy qatlami) mavjud. Tuganak ana shu kambiy hisobiga o‘sadi.
Biologik xususiyatlari.
Kartoshka past tempyeraturaga mutlaqo chidamaydi. 7-8
0
S dan
past tempyeraturada yaxshi o‘smaydi. Ko‘pgina olimlar yozishicha issiqqa chidamsiz, ammo,
sug‘orish yordamida xosil qilingan mikroklimat ta’sirida kartoshka issiq havodan qiynalmaydi.
Faqatgina tuproqda nam etarli bo‘lmasa uning kasalliklarga moyilligi ham ko‘payadi,
xosildorligi keskin kamayib ketadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu o‘simlik issiqqa
chidamli ekanligini ko‘rsatdi. Tuproq tempyeraturasi 18-20
0
S eng qulay tempyeratura
hisoblanadi.
Kartoshkaning butun o‘sish davri uch bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich maysa paydo bo‘lgandan gullashgacha. Bu davrda asosan poya o‘sadi,
ko‘k massa ko‘payadi. Tuganaklari sekin o‘sadi.
Ikkinchi bosqich-gullash davridan poyaning o‘sishi to‘xtaguncha davom etadi. Bu
davrda intensiv ravishda tuganak mevalar paydo bo‘ladi.
Uchinchi davr poyaning o‘sishi tugagandan tabiiy so‘lish davrigacha davom etadi. Bu
davrda tuganak mevalar paydo bo‘lishi davom etadi. Lekin ikkinchi davrga nisbatan
sekinlashadi. Bu bosqichlarni o‘tish muddati kartoshkani navi va ob-havo sharoitiga bog‘liqdir.
SHunday qilib, ikkinchi bosqich tuganaklar shakllanishida eng muxim davr hisoblanadi.
Kartoshka yorug‘likka talabchan, qisqa kun o‘simlik.Yerta baxorda ekilganda ham
kunning uzunligi rivojlanishga ta’sir qilmaydi. Faqatgina past xaroratda kartoshka ta’sirlanadi.
YOrug‘lik kaam bo‘lsa, barglari sarg‘ayib, poyalari cho‘zilib, gullamaydi va tuganak xosil
qilmaydi. O‘ta qalin bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmay, xosildorligi keskin kamayadi.
O‘g‘itlash
Kartoshka yerni o‘g‘itlashga yaxshi ta’sirchan bo‘ladi. Kartoshkaga organik
va minyeral o‘g‘itlar solish xosilni 50% gacha va undan ham ko‘proq oshiradi. Kartoshka
etishtirishning xozirgi texnologiyasi organik o‘g‘itlarni albatta minyeral o‘g‘itlarga qo‘shib
solishga asoslangan. Organik o‘g‘itlar xosilni oshirish bilan birga tugunaklar tarkibidagi
kraxmal miqdorini oshiradi va yirik tugunaklar soni ko‘payadi. Organik o‘g‘itlar, asosan
baxorda solinadi, bunda ekish muddati cho‘zilib ketadi. Organik o‘g‘itlarni bir qismini
kartoshkadan oldingi ekinga -kuzgi g‘allaga solish mumkin. Agar o‘tmishdagi ekin ekiladigan
yerlar organik o‘g‘itlar bilan yaxshilab o‘g‘itlansa, kartoshkani faqat minyeral o‘g‘itlar bilan
o‘g‘itlab etishtirish mumkinligi tajribalarda tasdiqlangan. Bunda xo‘jaliklarda, kartoshka
xosilining bir oz kamayishi kuzgi ekinlar xosilining ortishi hisobiga qoplanib ketadi. Yertagi
kartoshka ekishda organik o‘g‘itlarni albatta, kuzdan boshlab, kuzgi shudgor vaqtida solish
kyerak. Qumli va qumloq tuproqlarda ko‘kat o‘g‘itlardan oraliq ekin sifatida lyupindan
foydalanish yaxshi natija byeradi. Faqat organik o‘g‘itlar solish bilan kartoshkaning oziq
moddalarga bo‘lgan talabi to‘liq ta’minlanmaydi, shuning uchun organik o‘g‘itlar bilan birga
minyeral o‘g‘itlar ham solish kyerak.
Toshkent Davlat agrar univyersiteti mevachilik va sabzavotchilik fakulteti olimlari (V. I.
Zuev., A. G‘. Abdullaev va boshqalar, 1994) bo‘z tuproqlar mintaqasida yerta pishar kartoshka
navlari uchun gektariga 120-150 kg azot, 80-100 kg fosfor va 60 kg kaliy, kechpishar navlar
uchun esa 200-250 kg azot, 150-160 kg fosfor va 100 kg kaliy qo‘llashni tavsiya qiladilar.
Kartoshkani takroriy ekin sifatida ekish rejalashtirilganda, go‘ng to‘laligicha, fosforli-kaliyli
o‘g‘itlar yillik me’yorining 70-80% i kuzgi shudgorlashda, qolgan qismi esa (20-30%) yerni
ekishga tayyorlashda kiritiladi. Kartoshkaga yillik azot me’yorining 20% i yerni ekishga
tayyorlashda, 30% i birinchi oziqlantirishda (nixollar to‘liq unib chiqqach) va 50% i shonalash
davrida byeriladi.
76
Kartoshka bir yerda surunkasiga ekilsa, u so‘lish kasali bilan kasallanadi. SHuning uchun
uni almashlab ekishda karam, bodring, qovun, tarvuz hamda ildizmevalilardan keyin ekish
kyerak. YOzda ekilganda kuzgi bug‘doy va arpadan keyin ekilishi kyerak.
Kartoshka 3 muddatda ekiladi: yertagi kartoshka aprel oyining oxiri mart oyining
boshlari, o‘rtagi kartoshka aprel oyida va kechki kartoshka may oyining oxiri iyun oylarining
boshlarida ekiladi. Urug‘lik uchun kechroq iyun oyining oxirida ekish mumkin.
Kartoshka qator orasi 70 sm, o‘simlik orasi 25-30 sm qilib ekiladi. Bir gektar yerga
o‘rtacha 25 sentnyer urug‘ sarflanadi va urug‘lar tuproq sharoitiga, ekish muddatiga qarab 6-16
sm chuqurlikda ko‘milishi kyerak.
Kartoshkani parvarish qilish qator oralarini ishlash, chopiq qilish, oziqlantirish va
sug‘orishdan iborat. Kartoshkani qator oralari 3-4 marta kultivatsiya qilinadi. Kartoshkani
chopiq qilish tugunaklarni tugish uchun yaxshi sharoit tug‘diradi. SHu sabbabli qo‘lda ketmon
bilan yoki maxsus okuchniklar bilan 2 marta ko‘mma chopiq qilinadi. Yertapishar navlar bir
marta gullashdan oldin chopiq qilinadi.
Kartoshka o‘simligi namga talabchan. Yertagi kartoshka yer osti suvlari chuqur
joylashgan tuproqlarda 7-9 marta sug‘oriladi. Kechki kartoshka esa 10-12 marta sug‘oriladi.
Gullash davrigacha kartoshkani 12-15 kunda, gullash davrida 6-8 kunda sug‘orish kyerak.
YOzda ekilgan kechki kartoshka xar 8-10 kunda sug‘orilishi kyerak.
Dostları ilə paylaş: |