SSSR boshlig‘i
Nikita Xrushchyov
Stalin davri
qatag‘onlarini fosh
qilib nutq
so‘zlagan
Nihoyat, bu odam qarshisidagi devorga osilgan almisoqdan qolgan devor soatiga
ko‗z tashlab:
— Fursat tugadi, Yoqubov. Endi xayrlashinglar! — deb buyurdi.
Opamlarning nidosi battar avjiga chiqdi. Oyimlar
ozgina pul olib kelgan ekanlar,
dir-dir titragan qo‗llari bilan dadamlarga tutdi, dadamlar esa:
—Bolalaringga yarat, Gulshan! — deb yolvorar edilar. Lekin oyim ko‗nmay,
axiri pulni olishga majbur qildilar.
Oyimlar keltirgan pul bor-yo‗g‗i ellik so‗m bo‗lib, o‗nta besh so‗mlikdan iorat
edi. Dadamlar pulni qiynala-qiynala olarkanlar, besh so‗mliklardan
birini menga
uzatdilar. Oyimlar pulni mendan olib, dadamlarga qaytarib bermoqchi bo‗lgandilar,
dadamlar ko‗nmadilar, kaftlarini boshimga qo‗yib:
— Sen endi bu uydagi eng katta erkaksan, bolam, — dedilar va yana ko‗ziga
yosh oldilar. — Oyingga
yordamlashib, ukalaringga qarab turgin, bolam!
TAHLIL QILING:
“Sen endi bu uydagi eng katta erkaksan”. Dadasi nega bunday dedi?
Dadamlar shunday deb besh so‗mlikni cho‗ntagimga soldilar.
— Umrimda bir marta senga muzqaymoq olib bermoqchi bo‗lgan edim, bu ham
nasib etmadi Bu pulga daftar-kitob ol! Qolganiga muzqaymoq olib ye, o‗g‗lim!..
Boyadan beri oyim va opamlarga qo‗shilib yig‗lashni o‗zimga ep ko‗rmay serrayib
turgan bola, to‗satdan, xuddi dadamlarni olib chiqib
ketayotgan paytlaridagidek
yuragimda nimadir darz ketganday tuyuldiyu NKVD xodimining maqtovlari ham,
aksilinkilobchilar kirdikorlarini fosh etgan hushyor pioner
ekanligim ham —
bari yodimdan chiqib, «Dadajon!», degancha
otamning tizzasini quchoqlab oldim.
Bu mash‘um voqealardan keyin ko‗p yillar o‗tdi, ko‗p suvlar
oqib ketdi. 1955 yili Xrushchyovning butun dunyoni larzaga
solgan
mashhur nutqidan keyin oilamiz, shaxsga sig‗inish
zulmidan jabr chekkan million-million oilalar kabi dadamlarning
taqdirini, o‗lik yo tirik ekanini (ungacha yozgan o‗nlarcha
xatlarimizning bittasiga ham javob ololmagandik) so‗rab, yuqori tashkilotlarga
murojaat qildik.
Maktublarning bittasini Qozog‗iston Kompartiyasi Markaziy Qo‗mitasiga, ikinchisini
SSSR Davlat xavfsizligi qo‗mitasiga yo‗lladik. Taxminan to‗rt-besh
oydan keyin
birin-ketin ikkita javob keldi. Javoblarning birinchisi Qozog‗iston Markaziy
Qo‗mitasidan bo‗lib, unda dadamlarning partiyaviy ishi ko‗rib chiqilgani,
u kishi
Stalin shaxsiga sig‗inish qurboni bo‗lganligi e‘tirof etilgan va 1918 yildan e‘tiboran
Dostları ilə paylaş: