“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
mirzayeva z metodika

 
 
 
 
 
 
 
Toshkent- 2020 


MUNDARIJA 
Kirish…………………………………………………………………….5 
I BO„LIM
 ....................................................................................................... 8 
Adabiyot o ‗qitish metodikasining tarixi va shakllanish taraqqiyotiI: ayrim 
chizgilar… .................................................................................................... 8 
Ta‘lim bosqichlarida adabiyot fanining mazmuni va qurilishi .................. 22 
Adabiyot o ‗qitish metodikasiga xos bo ‗lgan tamoyillar ......................... 39 
Adabiyot o ‗qitish metodikasning umumnazariy masalalari .................... 69 
Blum taksonomiyasi va adabiy ta‘lim. O ‗qitish metodikasi fanida 
motivatsiya ................................................................................................. 85 
Asarlarni janri va obrazlar tizimiga ko ‗ra o ‗rganish ................................ 98 
II BO‟LIM
 ................................................................................................................ 112 
Namunaviy dars ishlanmalari. O‗qishdan oldin, o‗qish davomida, 
o‗qishdan keyingi savol va topshiriqlar……………..……………………… 
Blum taksonomiyasi asosida savol va topshiriqlar tizimini ishlab 
chiqish……………………………………………………………………… 
Faol o‘qish modelini qo ‗llash……………………………………………..


KIRISH 
 
Bitta bola, bitta о„qituvchi, bitta kitob 
 va bitta ruchka dunyoni о„zgartira oladi.
Malala Yousafzai 
Realizm asoschilaridan biri bо‗lgan Onore de Balzak ―Kо‗zga tashlanib 
turmagan saxovatni hech kim axtarib о‗tirmaydi‖, deb yozgan edi. Chindan ham, xalq 
amalda isbotlangan yaxshi fazilatlarnigina e‘tirof etadi, ulug‗laydi.
Bugun yurtimizda kichik bir sohadan tortib xalq turmushi farovonligi uchun 
muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bо‗lgan yо‗nalishlardagi о‗zgarishlar, islohotlar 
shu qadar shiddat bilan amalga oshirilayotirki
,
shu vatanga qondosh har qanday 
millat kishisi, bunday tarixiy о‗zgarishlarga loqayd qarab turolmaydi.
Davlatimiz rahbari istiqboldagi taraqqiyotning kafolati ilm ahli va ziyolilar 
faoliyati bilan chambarchas bog‗liq ekanini har bir uchrashuv, murojaatlarida 
ta‘kidlab, uning rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun bir qancha qaror va farmonlarni 
qabul qildi. ―2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ ham ta‘lim va о‗qitish 
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta‘lim muassasalari 
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya 
faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy 
etishning samarali mexanizmlarini yaratish borasida juda dolzarb masalalar bо‗yicha 
aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berildi. Milliy 
metodikani va maktab darslikarini xalqaro standartlar asosida isloh qilish, ta 
‗limdagi mavjud muammolarni sekin astalik bilan bartaraf etish kabi masalalar 
davlat siyosati darajasiga ko ‗tarilib, nufuzli davralarda ko ‗p bora muhokama qilindi. 
Bunday xayrli harakatlar farzandlarimizning jahon standartlarida belgilangan 
mezonlar asosida bilim olishlariga, о‗zbek tili va adabiyoti ta‘limida ham xalqaro 
standartlardan milliy strategik maqsadlarimizga moslarini tanlab, izchil joriy qilishga, 
ta‘limda yanada samarali natijalarni qо‗lga kiritish uchun, avvalo, xorijiy tajriba 


asosida uning ilmiy va metodik asoslarini yaratishga imkoniyatlar ochib berdi. 
Bunday islohotlar, ayniqsa yoshlarning maqsadli harakatlariga rag‗bat berish 
barobarida о‗z kuchiga ishonish hissini ham uyg‗otdi. 
Bugun adabiyot fanini o‗qitishga yangicha yondoshuvlar, talablar о‗quvchilarda 
ham adabiyotga munosabatini o ‗zgartirdi. Xususan, bugun yoshlarimiz adabiyot 
fanini faqat oliy ta‘lim muassasalariga kirish uchun bо‗ladigan test sinovlariga 
tayyorgarlik nuqtai nazaridan emas, balki о‗z tafakkuri, tasavvuri, didi, saviyasi
umuman, ma‘naviy qarashlarini yuksaltirish maqsadi bilan о‗rganish zarurligini his 
qila boshladilar.
Darhaqiqat, badiiy adabiyot odam kо‗nglini tarbiyalaydi. Bugungi murakkab 
globallashuv sharoitida ma‘naviyatimizni izdan chiqarish maqsadida xorijdan 
о‗zanini yо‗qotgan, selday oqib kelayotgan zararli g‗oyalarga qarshi faqat milliy 
badiiy adabiyotgina milliy immunitet hosil qila olishi mumkin. Chunki adabiyot 
kо‗ngildan paydo bо‗lib, kо‗ngillarga singadi. 
Qo‗lingizdagi ―Adabiyot о‗qitish metodikasi. An‘anaviylikdan zamonaviylikka‖ 
uslubiy qo‗llanmasi ham davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 dekabrda Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat о‗zbek tili va adabiyoti universitetining ochilishiga 
bag‗ishlangan tadbirdagi universitet professor-o‗qituvchilariga yuklatilgan vazifalar 
(xalqaro standartlar asosida ona tili va adabiyot fanlarini o‗qitishning innovatsion 
usullarini yaratish, umum o‗rta ta‘limda о‗quvchilarni Navoiy dahosiga 
yaqinlashtirish, asarlaridagi bugun yosh avlod ta‘lim tarbiyasi uchun muhim 
hisoblangan ma‘no qatlamlarini chuqur va oson tushuna olishga yо‗naltirilgan 
samarali usullarini ishlab chiqish) ning kichik bir ijrosi sifatida qabul, qilish mumkin. 
Uslubiy qo ‗llanmada bugunga qadar adabiy ta‘lim sohasida milliy manbalarda 
aks etgan ma‘lumotlarni to‘ldirish maqsadida, ko ‗proq o‗qitishning xorijiy 
tajribasiga qaratilgan va milliy adabiy ta‘limida mavjud bo‘lmagan yoki u qadar keng 
yoritilmagan nazariy qarashlar tahliliga e‘tibor berilgan.
Uslubiy qo‗llanma ikki bo‗limdan iborat bo‗lib, uning birinchi bo‗limida 
adabiyot o‗qitish metodikasining nazariy asoslari haqida ma‘lumot berilsa, ikkinchi 
bo‗limda nazariy tushunchalarning amaliyotga tadbiqi bilan bog‘liq ma‘lumotlarga 


e‘tibor qaratildi. Bunday yondashuv talabalarning yangi nazariy ma‘lumotlarni oson 
tushunishlari va o‗z amaliy tajribalarida muammosiz qo‗llay olishlari uchun har 
jihatdan yengillik yaratadi. Zotan, amaliyotsiz ilm quruq nazariya bо‗lib qolganidek, 
ilmsiz amaliyot ham maqsadsiz harakatdan boshqa narsa emas. Ilm-fan va amaliyot 
et-tirnoq kabi uyg‗un rivojlansa, millat kelajagi yanada yorqin va porloq bо‗laveradi. 
Mazkur uslubiy qo‗llanmada nazariy va amaliy bilimarning uyg‘unlik kasb etishi
ta‘lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-
tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini 
amaliyotga joriy qilinishida o ‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, qo‗lingizdagi 
mazkur ―Adabiyot o‗qitish metodikasi. An‘anaviylikdan zamonaviylikka‖ nomli
uslubiy qo‗llanmasi xalqaro standartlardan milliy strategik maqsadlarimizga 
moslarini tanlab, izchil joriy qilishga qaratilgan, adabiyot o‗qitish metodikasi sohasi 
mutaxassislari, yosh pedagog kadrlar, bo‗lajak adabiyot o‗qituvchilariga o‗z 
yo‗nalishlarida bilim va kо‗nikmalarini shakllantirishlari, milliy metodika sohasidagi 
bo‗lg‘usi tadqiqotlarni rivojlantirishga, mazkur sohadagi manbalarni boyitishga o‗z 
hissasini qo‗sha oladigan ahamiyatli manba sifatida uzoq yillar umr ko ‗rishiga umid 
bildiramiz.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin