monografiyalarni, ilmiy tadqiqot ishlarini keltirish mumkin. Bundan tashqari,
adabiyot bо‗yicha mavjud DTS va darsliklarmizda ham muayyan yutuqlar mavjud.
Masalan, ta‘limdagi izchillik, uzviylik, kompetensiyaviy yondashuv, mavzuiy (quyi
sinflarda) va xronolgik (yuqori sinflarda) yondashuvlar, adabiyot darsliklaridagi
о‗zbek va jahon sо‗z san‘atining eng yuksak namunalarini jalb etilishi yoki ayrim
sinflarning adabiyot darsliklari (masalan, 7 sinf) dagi savol va topshiriqlarning ijodiy
fikrlashga, bevosita matn bilan ishlashga yо‗naltirilganligi (masalan, Chingiz
Aytmatovning ―Oq kema‖ asari yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar) nuqtai
nazaridan ham e‘tirofga loyiq.
Ammo bugungi milliy metodika о‗qitishning jahon miqyosidagi xalqaro
strategiyalari, jahon adabiy ta‘limidagi yondashuvlarning turfalashuvi, dunyo
maydonlarida sohaga oid yaratilayotgan tadqiqotlarning rivojlanishi, ahamiyatiga
asoslangan tahlil natijalari bilan qiyoslansa adabiyot о‗qitish metodikasining ilmiy,
nazariy asoslari, taraqqiyoti xavas qilgudek darajada emasligini kо‗rsatadi.
Yaqin о‗ttiz yil mobaynida adabiyot о‗qitish metodikasi sohasida kо‗plab
tadqiqotlar, darsliklar, о‗quv qо‗llanmalar yaratildi va yaratilmoqda. О‗nlab
nomzodlik, doktorlik dissertasiyalari himoya qilinmoqda. Shu о‗rinda yana savol
tug‗iladi. Bugungacha mavjud tadqiqotlar milliy adabiy ta‘lim rivojiga qay darajada
hissa qо‗shmoqda? Nima uchun adabiyot о‗qitish ta‘lim bosqichlarining deyarli
hamma bо‗g‗inlarida kо‗ngildagidek emas? Nima sababdan milliy metodika bugungi
xalqaro adabiy ta‘lim jarayonlaridan ortda qolib ketgan
?
Xullas, bunday savollarni
yana kо‗plab keltirish mumkin.
Keyingi о‗n yillikda yaratilgan adabiyot о‗qitish metodikasi yо‗nalishida amalga
oshirilayotgan tadqiqotlar, darsliklar, о‗quv, о‗quv-uslubiy qо‗llanmalarni jahon
adabiy ta‘limi bilan qiyosiy о‗rganish natijasida milliy metodika kutilgan darajada
xalqaro standartlarga mos rivojlana olmayotganiligining eng muhim sababablarini
quyidagicha tasnifladik.
Dostları ilə paylaş: