ikkinchidan,
fan va ta‘lim integrasiyasi faqat qog‗ozlarda qolib ketayotganligi,
metodika sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar amaliyotga izchil tatbiq
etilmayotganligi, aniqroq qilib aytganda, adabiy ta‘lim va pragmatizm о‗rtasidagi
aloqaning butkul uzilib qolganligi;
uchinchidan,
yaratilayotgan tadqiqotlar adabiy ta‘limning faqat ichki
imkoniyatlari bilan cheklanganligi
,
milliy adabiy ta‘lim muammolari rivojlangan
xorijiy mamlakatlardagi о‗qitishning ilg‗or tajribalari, boy ilmiy nazariy fikrlar,
yondashuvlarning qiyosiy tahliliga asoslanmaganligi va ayrim holatlarda samarasiz
о‗qitish usullari qobiqlaridan chiqib keta olmaslik holatlari va yana bir qator bizga
noma‘lum sabablar.
Adabiyot о‗qitish metodikasi ham boshqa fanlar kabi о‗zgaruvchan, rivojlanish
xususiyatiga ega. Qolaversa, bugun zamonaviy о‗zbek adabiyoti shakl va ham
mazmun jihatdan rivojlanib, sharq va g‗arb tajribasiga asoslangan о‗ziga xos badiiy
asar namunalari yaratilmoqda. Bugungi zamonaviy adabiyot jahoniy tafakkur natijasi
о‗laroq yaratilayotgan ekan, uni о‗rganishda, san‘at darajasidagi jihatlarni kashf
etishda ham yangicha yondashuvlar, jahon adabiy ta‘limining ibratli nazariyalari,
ilmiy metodologik qarashlar asosidagi yondashuvlaridan foydalanib, adabiyot
о‗qitish metodikasini yuqori bosqichlarga olib chiqish vaqti keldi, bizningcha.
Keyingi о‗n yil badalida jahon adabiy ta‘limi maydonlarida adabiyot fanlarini
о‗qitishning zamonaviy tamoyillari, xalqaro strategiyalari, adabiy ta‘limning jahon
standartlari darajasidagi ilmiy-nazariy, ilmiy-metodologik asoslari aks etgan kо‗plab
tadqiqotlar yaratildi va hanuz yaratilmoqda. Ta‘lim berish (adabiy ta‘lim nazarda
tutilmoqda) nazariyalarining takomillashi barobarida
Dostları ilə paylaş: