“washback”
atamasi bilan yuritiladi) ijobiy yoki salbiy bо‗lishini belgilab
beradi: validligi va ishonchliligi yuqori bо‗lgan testlar ijobiy ta‘sirga, validligi va
ishonchliligi past bо‗lgan testlar salbiy ta‘sirga ega bо‗ladi
23
.
Validlik va ishonchlilik odatda bir-biriga bog‗liq tushnchalardir, ya‘ni validligi
past bо‗lgan testlar ishonchsiz bо‗ladi. Ayrim holatlarda validligi past bо‗lgan testlar
statistik tahlil natijasida yuqori ishonchlilikni kо‗rsatishi mumkin, bunday holatlarda
validlik birlamchi hisoblanadi va validligi past testlardan baholash vositasi sifatida
foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Validlik testning sifatini belgilaydigan eng asosiy, birlamchi kategoriya sanalar
ekan, testning validligini ta‘minlashning bir qancha usullari mavjud. Bu usullar bir-
biriga chambarchas bog‗liq va bir-biriga ta‘sir etadi, chunki validlik kо‗p qirrali
yaxlit tushuncha sifatida qabul qilingan.
Validlik kategoriyasining asosiy qirralaridan biri mazmun validligi (inglizcha
“content validity”
), ya‘ni test orqali aynan tekshirilishi lozim bo ‗lgan bilim, ko
‗nikma yoki kompetensiyaning tekshirilishi hisoblanadi. Agar testning maqsadi
nafaqat bilimni (biron-bir ma‘lumot, faktni eslab qolganlikni), balki kо‗nikma,
malaka yoki kompetensiyaning shakllanganlik darajasini (mavjud bilimni tanish va
notanish vaziyatlarda qо‗llay olishni) tekshirish bо‗lsa, berilgan testga tо‗g‗ri javob
berish uchun о‗quvchi yoki talaba aynan shu kо‗nikma, malaka yoki kompetensiyani
ishga solishga majbur bо‗lishiga ishonch hosil qilinishi lozim. Bunda tekshirilishi
lozim bо‗lgan kо‗nikma, malaka yoki kompetensiyani amalda tadbiq etishi uchun
boshqa bilim, kо‗nikma, malaka yoki kompetensiyaga murojaat qilishga zarurat
tug‗ilmasligi kerak, ya‘ni testning tekshirish obyekti bitta bо‗lishi talab qilinadi.
Masalan, biz о‗quvchining adabiyotshunoslikda ―metafora‖ tushunchasini qо‗llay
olishini tekshirmoqchi bо‗lsak, buni о‗quvchiga badiiy matn berib, undan metaforani
topishni va uning nima uchun qо‗llanilganini izohlab berishni sо‗rash orqali
tekshirishimiz mumkin. Agar biz savolni ―falon yozuvchining falon asarida qanday
23
Newton Paul, Shaw Stuart. Validity in Educational and Psychological Assessment. - London:
―Sage‖, 2014.
metaforalar qо‗llanilgan‖ shaklida qо‗ysak va asar matni berilmagan bо‗lsa, bunda
xotira ham tekshirilayotgan bо‗ladi (о‗quvchi yoki talaba savolga javob berishi uchun
yaxshi xotiraga ega bо‗lishi talab qilinadi) va bu savol novalid hisoblanadi. Shuning
uchun ham aksar davlatlarda adabiyot fanidan о‗tkaziladigan imtihonlarda
(Rossiyaning Yagona davlat imtihonlari, Britaniyaning maktab bitiruvchilari uchun
mо‗ljallangan A-daraja imtihonlari va hokazo) tahlil qilinishi lozim bо‗lgan asar
matni yoki tegishli parchasi savollar kitobiga kiritiladi.
Mazmun validligini ta‘minlash uchun test savollarini ta‘lim vazirligi tasdiqlab
bergan yoki tavsiya qilgan darsliklar asosida tuzish yetarli, deb о‗ylash mazmun
validligi tushunchasining notog‗ri talqinidir. Masalan, test о‗quvchining she‘riyatdagi
aruz va barmoq vaznlarini farqlay olishini tekshirishga qaratilgan bо‗lsa,
о‗quvchining qaysi darslik va qо‗llanmalardan foydalanganligi hech qanday ahamiyat
kasb etmaydi. Shuning uchun ham yuqorida sanab о‗tilgan Rossiyaning Yagona
davlat imtihonlari yoki Britaniyaning A-daraja imtihonlari singari testlar biron-bir
darslik asosida tuzilmaydi. Ularni tuzishga davlat tomonidan tasdiqlangan ta‘lim
standartlari asos qilib olinadi va testlar darsliklarda bayon qilingan ma‘lumotlarni
eslab qolish darajasini emas, standartlarda belgilangan kо‗nikma, malaka va
kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini tekshirishga qaratiladi.
Mazmun validligiga ta‘sir kо‗rsatuvchi muhim jihatlardan biri testga kiritilgan
ma‘lumotning fanni tushunish uchun qay darajada ahamiyatliligi bilan belgilanadi.
Test faqat muayyan fanni tushunish uchun tamal toshi bо‗lib xizmat qiladigan va
ilmiy asoslangan bilimlar majmuiga ega bо‗lishi talab etiladi. Bu testning
reprezentativ validligi deb ataladi
24
[8:7]. Masalan, qirg‗iz qabilasidan omon qolgan
bolalarning necha kunda dushman qarorgohiga yetib olganligini bilish buyuk adib
Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasini tushunish uchun qanchalik muhim? Yoki
о‗zbek adabiyotining shoh romani ―О‗tkan kunlar‖da ―Bilgan topib gapirar, bilmagan
qopib‖ iborasini aynan qaysi qahramon aytganini о‗quvchi bilishi yoki bilmasligi
bizga о‗quvchining ushbu о‗lmas asar g‗oyasi, mazmuni, falsafasini qay darajada
24
Сидорик В. В., Чичко О. И. Теория и практика разработки тестовых заданий. - Минск,
издательство БНТУ, 2010.
tushunishi haqida ma‘lumot bera oladimi? Shoir Ogahiy mumtoz adabiyotimizning
boshqa bir vakili Munisning jiyani ekanini yodda saqlash о‗quvchiga Ogahiyning
lirik merosini tushunish uchun kerakmi? Davlat test markazi tomonidan 2017 yilgi
oliy ta‘lim muassasalariga kirish sinovlarida ishlatilgan ushbu test namunalarida
mazmun validligi buzilganligini kuzatish mumkin, chunki bunday savollar adabiyot
bо‗yicha Davlat ta‘lim standartlarida belgilangan kompetensiyalarni tekshirishga
xizmat qilmaydi va fanni yoki majburiy ta‘lim dasturiga kiritilgan asarlar mazmunini
tushunish uchun ahamiyatli bо‗lmagan ma‘lumotlar majmuidan tashkil topgan.
Validlik tushunchasining yana bir muhim qirrasi konstruktiv validlikdir
(inglizcha
“construct validity”
). Testning konstruktiv validligini ta‘minlash uchun
baholanishi lozim bо‗lgan xususiyat qanday komponentlardan tashkil topishi
aniqlanadi va shu komponentlarning har biri testlar yordamida qamrab olinadi.
Masalan, badiiy asarni tahlil qila olish kompetensiyasini test orqali tekshirish uchun
bu kompetensiyaning tarkibiy komponentlarini (deylik, asardagi badiiy vositalarni,
qahramonlar tilini tushunish, asar yaratilgan davrni bilish va hokazo) sanab
chiqishimiz va har bir komponentga test tuzishimiz kerak. Konstruktiv validlikni
ta‘minlash uchun fan bо‗yicha mutaxassislar, tajribali pedagoglar va psixologlar
birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishlari talab qilinadi.
Testning validligini ta‘minlashda ―test spetsifikatsiyasi‖ (inglizcha
“test
specification”
yoki
“test blueprint”
) deb atalgan hujjat muhim rol о‗ynaydi. Test
spetsifikatsiyasida testning maqsadi, test orqali qanday bilim, kо‗nikma, malaka va
kompetensiyalar tekshirilishi, har bir bilim, kо‗nikma, malaka yoki kompetensiya
qanday yо‗l bilan (yopiq test, ochiq test, insho va hokazo) tekshirilishi, test
savollarining fan mazulari va tekshiriladigan bilim, kо‗nikma, malaka yoki
kompetensiyalar bо‗yicha taqsimlanishi, о‗quvchi yoki talabaning javobi qanday
mezonlar asosida baholanishi, testni о‗tkazish talablari batafsil bayon qilinadi. (Shu
о‗rinda pedagogik о‗lchovlar va baholash nazariyasida ―test‖ deganda faqat biz
biladigan bir nechta javob variantiga ega bо‗lgan savol turi emas, tegishli
standartlashtirish jarayonidan о‗tgan hamda validlik va ishonchlilik talablariga javob
beradigan har qanday savol yoki topshiriq tushunilishini, hatto yopiq testning ham
bizda deyarli qо‗llanilmaydigan bir qancha turlari mavjudligini eslatib о‗tamiz.) Test
spetsifikatsiyasi asosida namunaviy test varianti (demo-test) tuziladi. Test
spetsifikatsiyasi va demo-test test topshiriqlarini tuzuvchi ekspertlar uchun asosiy
hujjat bо‗lib xizmat qilish bilan birga, test о‗tkazishning muhim talablaridan biri –
oshkoralik tamoyiliga rioya qilinishini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |