kompetensiyaviy ta‟limning
mohiyatini aniqlab olish zarur bо‗ladi. Pedagogik
terminlar lug‗atida «kompetensiya» sо‗ziga quyidagicha ta‘rif berilgan: «ma‘lum bir
vazifani adekvat tarzda bajarish uchun zarur bо‗lgan bilim va kо‗nikmalar majmui
hamda tajriba»
10
. Kompetensiyaviy yondashuv ta‘limdagi
bihevoristik nazariyalar
(inglizcha «behavior» - «xatti harakat» sо‗zidan) ta‘siri ostida shakllangan bо‗lib,
uning zamirida о‗quvchilar bajara olishi lozim bо‗lgan va о‗qituvchi tomonidan
kuzatilib, baho beriladigan xatti-harakatlar yotadi. Demak, kompetensiyaviy ta‘lim
samarali bо‗lishi uchun kompetensiyalar aniq, obyektiv shaklda ifodalanishi lozim.
Shuningdek, kompetensiyalarning spiralsimon shaklda rivojlanib boriladigan kichik
10
The Greenwood Dictionary of Education, Second Edition. John W. Collins III and Nancy Patricia
O‘Brien (Eds). Greenwood, Santa Barbara, CA, USA, 2011.
kompetensiyalarga bо‗linishi ham ta‘lim jarayonining samarali bо‗lishida muhim rol
о‗ynaydi, chunki bu о‗qituvchiga о‗quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni izchil
shakllantirib borish yо‗llarini aniq kо‗rish va kompetensiyalarning shakllanganlik
darajasini obyektiv baholab borish imkonini beradi. Masalan, Buyuk Britaniya о‗rta
ta‘lim maktablarining adabiyot fani standartida
11
«О‗quvchi asar syujeti qurilishining
asar mazmuniga qanday ta‘sir qilishini tahlil qila oladi» kompetensiyasi quyidagi
komponentlarga bо‗lingan:
- syujet elementlarini topib, ularning ahamiyatini kо‗rsatib bera oladi;
- asardagi ayrim epizodlarning asar mazmuni uchun ahamiyatini izohlab bera oladi;
- syujetning tarkibiy elementlarini (perspektiva, retrospektiva va h.k.) aniqlab,
ularning ahamiyatini izohlay oladi.
Shunga о‗xshash, «О‗quvchi matnda qо‗llanilgan adabiy san‘atlarni topib,
ularning nima maqsadda qо‗llanilganini izohlay oladi» kompetensiyasi quyidagicha
bо‗lingan:
- asardagi ayrim sо‗zlarning nega ishlatilganligini tushuntirib bera oladi;
- asardagi stilistik figuralarni (metafora, о‗xshatish jonlantirish va h.k.) topib,
ularning effektini tahlil qila oladi;
- asar tonini (ohangini) izohlab bera oladi.
Boshqa bir misol: «Asarni о‗z hayoti bilan, boshqa asar(lar) bilan va atrofidagi
olam bilan bog‗lay oladi» kompetensiyasi quyidagi tarkibiy qismlarga ajratilgan:
- asarda aks etgan inson xarakterini tahlil qila oladi;
- kitobxon shaxsi matnni tushunish va tahlil qilishga qay darajada ta‘sir qilishini
izohlab bera oladi.
Isroil davlati Ta‘lim vazirligi tomonidan 2013 yilda qabul qilingan hujjatda
12
ham adabiyot fani bо‗yicha о‗quvchilarda shakllantirilishi lozim bо‗lgan kо‗nikmalar
aniq ifodalanib berilgan. Masalan, «adabiy asarlar yozilgan ijtimoiy va madaniy
kontekstni tushunish hamda bu kontekstning asar mazmuniga ta‘sirini yoritib bera
11
National curriculum: Secondary curriculum. Department of Education. Crown Copyright, 2014.
12
Integrating Higher-Order Thinking Skills (HOTS) with the Teaching of Literature. The Teachers‘
Handbook. Updated Version. State of Israel Ministry of Education Pedagogical Affairs English
Dept. English Inspectorate, 2013.
olish», «yozuvchi shaxsiyatining asarga ta‘sirini izohlay olish» va hokazo.
Shuningdek, ushbu hujjatda adabiyot darslari orqali о‗quvchilarda yuqori darajadagi
kognitiv kо‗nikmalarni
13
rivojlantirishga alohida urg‗u berilgan hamda о‗quvchilar
bilishi va qо‗llay olishi lozim bо‗lgan adabiy terminlar rо‗yxati keltirilgan.
Adabiyot bо‗yicha rivojlangan davlatlarda qabul qilingan ta‘lim standartlari va
dasturlarining qiyosiy tahlilidan kelib chiqqan xulosalarga ko‗ra, fan bо‗yicha
о‗quvchilarda shakllantirilishi lozim bо‗lgan kо‗nikmalarni belgilashda adabiyotga
о‗z tushunchalari, tahlil metodlari va tamoyillariga ega mustaqil fan sifatida
yondashiladi. Aynan adabiyotga xos bо‗lgan kompetensiyalar rо‗yxati shakllantirilib,
bu kompetensiyalar boshqa fan doirasida shakllantirishni tasavvur qilish mumkin
emas.
Yurtimizda amal qilayotgan adabiyot bо‗yicha umumiy о‗rta ta‘limning Davlat
ta‘lim standartlarida
14
adabiyot faniga xos bо‗lgan kompetensiyalarga yetarlicha
e‘tibor berilmagan va pirovardida adabiyot о‗zining mustaqil fan sifatida mavqeini
yо‗qotib, boshqa fanlarda (ona tili, chet tili, ijtimoiy fanlar) о‗quvchilarda
shakllantiriladigan kompetensiyalarni rivojlantirishga kо‗maklashuvchi fanga aylanib
qolgan. Masalan, «adabiy–nutqiy kompetensiyalar» sifatida nomlangan «badiiy asar
syujetini qayta hikoyalay oladi», «tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimini
о‗zgalarga tushuntirib bera oladi» kompetensiyalari aslida nutqning о‗qib tushunish
va gapirish kо‗nikmalariga tegishli kompetensiyalar bо‗lib, ona tili, ikkinchi til va
chet tili darslarida rivojlantiriladi va bu kompetensiyalarni rivojlantirishda adabiy
tushunchalar va adabiy tahlil usullari hech qanday rol о‗ynamaydi. Zero, «adabiy-
nutqiy kompetensiya» tushunchasining о‗zi mavjud emas va bu tushuncha standart
mualliflari tomonidan о‗ylab topilgan sun‘iy atamadir. Qiyoslang: chet tillarni
bilishning Umumyevropa kompetensiyalarida B1 darajasi uchun kо‗zda tutilgan
13
Qаrаng: Anderson, L.W., Krathwohl, D.R., Airasian, P.W., Cruikshank, K.A., Mayer, R.E.,
Pintrich, P.R., Raths, J., Wittrock, M.C. (2001). A Taxonomy for Learning, Teaching, and
Assessing: A Revision of Bloom's Taxonomy of Educational Objectives. New York: Pearson, Allyn
& Bacon.
14
Qarang: Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining Davlat ta‘lim standartlari.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 217 yil apreldagi 187-son qarori bilan
tasdiqlangan.
gapirish kompetensiyalaridan biri quyidagicha berilgan: «badiiy asar, film yoki sahna
asari syujetini qayta hikoya qilib bera oladi va unga о‗z munosabatini bildira oladi»
15
.
Xuddi shunday, «adabiy-nutqiy kompetensiyalar» rо‗yxatiga kiritilgan «badiiy asar
asosida yaratilgan kichik sahna kо‗rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi»
kompetensiyasi esa umuman nutqiy kompetensiya bо‗lmay, aktyorlik mahorati,
plastika bilan bog‗liq kompetensiyalardir. Standartda «badiiy asarni tahlil (analiz,
sintez) qilish kompetensiyasi» sifatida taqdim etilgan «asarda tasvirlangan voqea-
hodisalar qahramonlar xarakteriga xos bо‗lgan fazilat va nuqsonlarga munosabat
bildira oladi», «xalq og‗zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan taqdim
etilgan asarlar asosida insho va ijodiy matnlar yoza oladi», «adabiy til meyorlariga
rioya qilgan holda turli mavzularda og‗zaki va yozma fikr yurita oladi»
kompetensiyalari ham aslida til darslarida rivojlantiriladigan о‗qib tushunish, yozish
va gapirish kо‗nikmalaridir. Qiyoslang: chet tillarni bilishning Umumevropa
kompetensiyalarida C2 darajasi uchun kо‗zda tutilgan yozish kompetensiyalaridan
biri quyidagicha berilgan: «badiiy asarga tanqidiy munosabat bildiradigan insho yoza
oladi»
16
. Standartda kompetensiya nomida «analiz», «sintez» terminlarining
ishlatilishiga qaramay, berilgan komponentlarda analiz va sintez alomatlari
kо‗rinmaydi, chunki analiz va sintez Blum taksonomiyasi
17
bо‗yicha yuqori
darajadagi kognitiv kо‗nikmalar bо‗lib, analiz о‗quvchining murakkab tushunchani
kichikroq qismlarga ajrata olishi va qismlar orasidagi bog‗liqliklarni izohlab bera
olishini nazarda tutsa. sintez – bu о‗quvchi о‗rgangan narsalari asosida yangi narsa
yarata olishidir
18
.
Standartdagi «xalq og‗zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyoti
namunalari (nasriy, she‘riy asar yoki ulardan olingan parcha)ni tahlil qila oladi»
kompetensiyasi ham mavhum bо‗lib, о‗quvchidan qay darajadagi tahlil
15
Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment.
Language Policy Unit, Council of Europe, Strasbourg, 2001.
16
Common European Framework of Reference For Languages: Learning, Teaching, Assessment.
Language Policy Unit, Council of Europe, Strasbourg, 2001.
17
Blum taksonomiyasi haqida kitobning keyingi bo‗limlarida atroflicha tahlil etilgan.
18
Qаrang: Bloom, B.S. (Ed.). Engelhart, M.D., Furst, E.J., Hill, W.H., Krathwohl, D.R. (1956).
Taxonomy of Educational Objectives, Handbook I: The Cognitive Domain. New York: David
McKay Co Inc.
kutilayotganini, bu tahlil qanday adabiy tushuncha va tamoyillarga asoslanishi
lozimligi konkret ifodalanmagan.
Standartda «tayanch kompetensiyalar sifatida taqdim etilgan va «axborot bilan
ishlash kompetensiyasi», «shaxs sifatida о‗z-о‗zini rivojlantirish kompetensiyasi»,
«milliy va umummadaniy kompetensiya», «matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bо‗lish hamda foydalanish kompetensiyasi» singari
kategoriyalarga bо‗lingan kompetensiyalar ham sun‘iy о‗ylab topilgan va mavhum,
subyektiv tarzda ifodalangan bо‗lib, birinchi navbatda «kompetensiya»
tushunchasining biz yuqorida keltirib о‗tgan va pedagogik adabiyotlarda qabul
qilingan aniqlik, obyektivlik talablariga javob bermaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda adabiyot fanini о‗qitish tajribasi tahlil qilinganda
quyidagi holatlarni kо‗rish mumkin:
- ta‘lim standartlari о‗quvchilarda shakllanishi lozim bо‗lgan fanga oid
kompetensiyalarni aniq, obyektiv shaklda belgilab beradi;
- adabiyot faniga oid kompetensiyalar о‗quvchilarning adabiyotshunoslik
kategoriyalariga va badiiy tahlil tamoyillariga tayangan holda asarni tahlil qilish va
munosabat bildirishini nazarda tutadi;
- adabiyot fanining san‘atning boshqa turlari (teatr, kino, musiqa, tasviriy san‘at,
arxitektura) va boshqa fanlar (ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar) bilan integratsiyasiga katta
e‘tibor beriladi, shu bilan birga, bu integratsiya adabiyot darslarida aynan adabiyot
faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishga va о‗rganilayotgan asarni chuqurroq
tahlil qilishga xizmat qiladi;
- о‗qituvchilar bir darslikka bog‗lanib qolmay, ta‘lim vazirliklari tomonidan tavsiya
qilingan bir necha parallel darsliklardan erkin tanlash huquqiga egalar, bu esa
pirovardida darslik mualliflari о‗rtasidagi raqobatni rivojlantiradi va darsliklar
sifatiga ijobiy ta‘sir qiladi (darsliklarning standarga mosligi qaysi asarlarni о‗z ichiga
olishi bilan emas, standartda belgilangan kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat
qilishi bilan belgilanadi);
- variativlik tamoyiliga amal qilinadi: о‗quvchilar о‗qishi uchun tavsiya qilingan
mualliflar va asarlar rо‗yxati shakllantiriladi va o‗qituvchi tavsiya qilingan
rо‗yxatdagi adiblar va asarlarni о‗quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini
hisobga olgan holda о‗zi tanlaydi;
- qaysi asarlarni, qaysi ketma-ketlikda va necha soat hajmida о‗rganish ta‘limni
boshqarish organlari tomonidan belgilab berilmaydi, balki о‗qituvchilar tavsiya
qilingan asarlar rо‗yxatidan о‗z о‗quvchilarining qobiliyatlari, qiziqish va
ehtiyojlarini hisobga olgan holda erkin tanlash imkoniga ega bо‗ladilar (masalan,
AQSH maktablarining 10-sinfi uchun chiqarilgan bir adabiyot darsligida
Shekspirning «Makbet» asari kiritilgan bо‗lsa, boshqasida «Hamlet» asari, yana
boshqasida «Yuliy Sezar» asari kiritilganini kо‗rishimiz mumkin);
- asarlarni о‗rganishda asosiy maqsad о‗rganiladigan asarlar soniga emas, balki asarni
chuqur tahlil qilish orqali standartda belgilangan adabiyotga oid kompetensiyalarni
rivojlantirishga qaratiladi, shu sababli asarlar tо‗liq (parcha shaklida emas)
о‗rganiladi;
- standartda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun nafaqat milliy
adabiyot, balki jahon adabiyotining, turli millatlar, davrlar va madaniyatlar (Yevropa,
Osiyo, Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya) adabiy namunalaridan keng
foydalaniladi;
- baholash va test tizimidagi savol va topshiriqlar adib hayotiga va ijod yо‗liga oid
yoxud asar syujetiga oi ayrim fakt va detallarning qay darajada eslab qolinganligini
emas, balki standartda belgilangan kompetensiyalarning shakllanganligini asarlar
tahlili orqali tekshirishga qaratilgan bо‗ladi, bunda tahlil qilinishi lozim bо‗lgan matn
о‗quvchining savollar kitobida berilgan bо‗ladi.
Misol uchun, adabiyot fani fani orqali o‗quvchilarda quyidagi
Dostları ilə paylaş: |