“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


(asarni  о„qishdan oldin, о„qish davomida va о„qishdan keyin)



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
mirzayeva z metodika

(asarni 
о„qishdan oldin, о„qish davomida va о„qishdan keyin)
mavjudligi. Har bir 
bosqichning о‗z maqsadi va uslublari bor. О‗qishdan oldingi mashqlar о‗quvchini 
asarga qiziqtirish, asar mazmunini tushunishga tayyorlashga xizmat qilsa, о‗qish 
davomida bajariladigan mashqlar bevosita badiiy matnni tushunish — tahlil qilishga 
qaratiladi. Bunda asar tahlili faqat syujetni qayta hikoyalash bilan cheklanmaydi. 
О‗qishdan keyingi mashqlar esa asar ustida chuqur mushohada yuritish, 
adabiyotning, san‘atning boshqa turlari, boshqa fanlar va о‗quvchi hayoti bilan 
aloqasini ta‘minlash, о‗quvchida og‗zaki va yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni 
rivojlantirishga qaratiladi. 
О‗zbek adabiyotini о‗qitish metodikasi bugun ―mahalliy‖ о‗qitish 
strategiyalardan о‗qituvchi va о‗quvchining adabiy ta‘lim haqidagi fikrlarini 
tiniqlashtirishga xizmat qiladigan global yondashuvlar tomon qadam tashlashi, adabiy 
matnni 
qanday о„rganish emas,
nima uchun о„rganish
kabi muammolarni masala 
qilib qо‗yishi va badiiy asar mazmunini chuqurroq tushunishga olib borish yо‗llarini 
kashf etishi talab etiladi. 
Ma‘lumki, badiiy estetik jihatdan san‘at darajasiga kо‗tarilgan, chuqur ijtimoiy 
g‗oyaviy mazmunga ega badiiy asarlargina о‗quvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va 
adabiyot haqidagi fikrlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu borada о‗zbek adabiyoti 
ta‘limidagi murakkab va keng qamrovli muammolardan biri bо‗lgan uzviylik va 
uzluksizlikni mantiqan tо‗g‗ri ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. О‗zbek 
adabiyoti ta‘limida mazmuniy uzviylikni ta‘minlashda
,
tabiiyki, о‗quv-uslubiy 
8
Arthur N. Applebee, Abdrea B. Bermuder, etc. World Literature. Evanston, Illinois, 2008. 
9
O‗quv qo‗llanmaning keying fasllarida badiiy asar bilan ishlash bosqichlari va strategiyalari, 
uning nazariy asoslari haqida atroflicha so‗z boradi. 


adabiyotlar, darsliklar sifatini yaxshilash, adabiyot fanidan beriladigan bilimlarning 
bosqichlararo uzluksizligini ta‘minlash lozim. Bundan tashqari, о‗quvchi-
talabalarning yosh xususiyatini ham hisobga olish zarur. Ushbu masalaning samarali 
yechimlari — adabiyot fanlarini integrasiyalash va uzviylikka yordam beradigan 
о‗qitish turlarini aniqlashda ham aks etadi. 
О‗zbek adabiy ta‘limida о‗quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib 
uzviylik va uzluksizlikni ta‘minlashda о‗rganuvchining ehtiyojlari (student‘s needs; 
learner‘s needs)ni ham e‘tiborga olish kerak, degan fikrdamiz. 11 sinf adabiyot 
darsligidagi Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‗u bilik‖ (―Saodatga eltuvchi bilim‖) asari 
turkiy adabiyotning ilk namunasi, о‗z davridagi ilg‗or ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-
axloqiy masalalarni ramziy obrazlar vositasida badiiy talqin qilgan asar sifatida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki Alisher Navoiyning ―Layli va Majnun‖ dostoni 
badiiy-g‗oyaviy xususiyatlari bilan о‗zbek klassik adabiyotining shoh asarlaridan 
sanaladi. Insoniyat taraqqiyotida, jahon adabiyoti, san‘ati va madaniyati rivojida 
alohida о‗ringa ega bо‗lgan, har bir kitobxon mutolaa qilishi zarur deb hisoblangan 
milliy va jahon adabiyoti durdonalarining о‗quv rejadan о‗rin olishi har jihatdan 
tо‗g‗ri va shunday bо‗lishi ham kerak. 
Ammo shu о‗rinda ta‘lim standartlarida mavjud tanlanma figuralar о‗quv rejani 
yaratgan mualliflarning badiiy asarga individual munosabati, muayyan asar 
muallifiga simpatiyasi, fikr qarashlari, qiziqishlari va ularni ―bilishi kerak‖ nuqtai 
nazaridagi miopik (shaxsiy) qarashlari asosida tavsiya qilingan. Ma‘lumki 17 yoshli 
о‗quvchining ma‘naviy ehtiyoji 30-40 yoshli kitobxonning ma‘naviy ehtiyojidan 
keskin farq qiladi. О‗qituvchi ―qiziq‖ deb bilgan badiiy asar uning о‗quvchisi uchun 
u darajada muhim ahamiyatga ega bо‗lmasligi mumkin. Shu nuqtai nazardan uzliksiz 
ta‘lim bosqichlari uchun о‗quv rejalar shakllantirilayotgan jarayonlarda muayyan 
usullar 
(masalan, 
sо‗rovnomalar, individual tartibdagi suhbatlar) orqali 
о‗quvchilarning ma‘naviy ehiyojlarini ham hisobga olish lozim bо‗ladi. Masalaga 
bunday yondashuv, birinchidan, badiiy asar va о‗quvchi ma‘naviy ehtiyoji о‗rtasidagi 
mutanosiblikni vujudga keltiradi va bu adabiyot darslarini yanada qiziqarliroq va 


jonliroq bо‗lishini ta‘minlaydi.
Ikkinchidan, ta‘lim bosqichlarida badiiy asar 
mutolaasiga erkin yondashuv shakllanadi. 
Bugungi yoshlar virtual olamda ulg‗ayaptilar. Virtual, texnika olamining bir 
qancha ijobiy xislatlari barobarida uning salbiy oqibatlari kо‗plab balog‗at yoshidagi 
farzandlarimizni ―siylab‖ о‗tayotgani ham ma‘lum haqiqat.
О‗n yetti, о‗n sakkiz yosh yuqori sinf о‗quvchilari ongidagi о‗zgarishlarning eng 
muhim davri hisoblanadi. Bu davrda ular umid va umidsizlik, topish va yо‗qotish, 
sevgi va nafrat, sadoqat va xiyonat, qadriyat, insoniylik kabi masalalar mohiyatini 
tо‗g‗ri va atroflicha anglashga ehtiyojmand bо‗ladilar. Kо‗pchiligi esa ―pul hamma 
narsani hal qiladi‖ qabilidgi notо‗g‗ri qarashlarga ergashib boshi berk kо‗chalarga 
kirib qoladi. Moddiylik g‗am alamni, gunohni, yо‗qotishlarni, umidsizlik bilan 
bog‗liq muammolarni hal qila olmasligini anglashda esa ulardagi hayotiy tajriba 
yetmaydi. Mana shunday davrda ular ongidagi ma‘naviy bо‗shliqni adabiyot 
tо‗ldiradi. Adabiyot ularga najot quroli bо‗lib xizmat qiladi. Zotan inson huqularini 
ilk bora himoya qilish va ularni zalolatdan qutqarish maqsadida nozil bо‗lgan 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin