“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
mirzayeva z metodika

faol jarayon 
25
Niyozmetova R. Uzluksiz ta‗lim tizimida o‗zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. Toshkent. Fan, 
2007. Qambarova S. Umumiy o‗rta ta‘lim tizimida o‗quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini 
shakllantirish texnologiyasi. Pedagogika fanlari bo‗yihcha falsafa doktori (Ph,D) darajasini olish 
uchun yozilgan dissertatsiyasi.Toshkent, 2019 va boshqalar; Hülya Küçükoğlu. Improving Reading 
Skills Through Effective Reading Strategies. .Procedia - Social and Behavioral Sciences 70:709–
714. January 2013; Dole J. A., Duffy G. G., Roehler L. R. and Pearson P. D. Moving from the Old 
to the New: Research on Reading Comprehension Instruction. // Review of Educational Research. – 
1991, Vol. 61, No. 2, pp. 239-264; Jessica, Marinaccio. The Most Effective Pre-reading Strategies 
for Comprehension. School of Arts and Sciences. St. John Fisher College, 2012 and etc 


sifatida talqin qila boshlaganlar. Faol jarayon 
o„quvchi va matnning bir-biriga 
o„zaro ta‟siriga asoslanadi
va har qanday badiiy asardan kitobxonlar o‗z tafakkur 
sarhadi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, avvaldan mavjud bilimlari va badiiy asarni 
o‗qiyotgan paytdagi ruhiy-emotsional holatidan kelib chiqib shaxsiy talqinlarini 
yaratadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, muayan asar yoki uning qahramonlariga 
munosabat kitobxonning hayotiy tajribalari sabab keskin o‗zgarishlarga uchrashi ham 
mumkin. Masalan, 18-20 yoshlardagi kitobxonda Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan 
kunlar‖ romani qahramonlari Kumush yoki Otabek ―ideal shaxs‖ sifatida tasavvur 
uyg‗otsa, yillar o‗tib oila, muhabbat, nafrat, rashk kabi tushunchalarda anchayin 
tajribaga ega bo‗lgan 30-35 yoshli ayni kitobxon-retsipiyent (qabul qiluvchi) endi 
Kumushni xudbinlikda ayblashi, Zaynabni esa ―chorasiz zaifa, muhabbat qurboni‖ 
sifatida ko‗rib uning harakatlarini hatto oqlashi ham mumkin bo‗ladi. Demakki, 
kitobxonning badiiy asarga munosabati mutlaq haqiqatlarga asoslanmaydi.
Badiiy asar idroki o‗quvchi va matn o‗rtasidagi kommunikativ jarayonlar 
natijasida yuzaga chiqadi. Ijodkor va o`quvchi orasidagi badiiy muloqotni amalga 
oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar badiiy muloqot vositasi dеb 
tushuniladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin