“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


passiv  jarayon  bo‗lib, matn o‗quvchi uchun  tashqi ta‟sir (stimul)



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
mirzayeva z metodika

passiv 
jarayon 
bo‗lib, matn o‗quvchi uchun 
tashqi ta‟sir (stimul)
bo‗lib xizmat qiladi. Ma‘no 
o„quvchiga bog„liq emas
, u o‗quvchidan tashqarida (matnda) mujassam bo‗lgan va 
o‗quvchining vazifasi o‗quvchining vazifasi matnni mutolaa jarayonida bu ma‘noni 
qabul qilishdan iboratdir. Mutolaa ko‗nikmasi bir qancha 
kichik ko„nikmalardan
iborat (masalan, harflarni tanish, harflarni qo‗shib so‗z yasash, so‗zning grammatik 
shaklini tahlil qilish va hokazo) va bu kichik ko‗nikmalarni tartib bilan o‗quvchida 
shakllantirish orqali mutolaaga, oqilayotgan matnni tushunish va undan ma‘no 
chiqarishga o‗rgatiladi. 
An‘anaviy qarashlar tarafdorlari bo‗lgan olimlarmutolaaning 
“pastdan-
tepaga”
yoki tilga asoslangan modelini ishlab chiqqanlar. Ushbu model mutolaa 
jarayonini kichik ko‗nikmalaryig‗indisi sifatiga qarashga asoslangan bolib,unga ko‗ra 
o‗quvchi matn bilan ishlashda harflardan (tovushlardan) so‗zlar, so‗zlardan gaplar, 
gaplardan abzatslar yasash orqali matndagi ma‘noni chiqarishga harakat qiladi.Matn 
ma‘nosi undagi alohida olingan kichkina elementlar (tovushlar, harflar, so‗zlar, 
gaplar) ma‘nolarining avtomatik yig‗indisidan iboratdir va matnni tushunish uchun 
har bir element ma‘nosini tushunish yetarli hisoblanadi.Tushunishjarayonida grafik 
simvollarni og‗zaki nutqqa aylantirish muhim ahamiyat kasb etadi, ya‘ni oquvchi 
harflar yordamida ifodalangan matnlarni talaffuz qilishi va eshtishi kerak. Malaka 
oshgani sari bu jarayon avtomatlashadi: o‗quvchi matnni ovoz chiqarib o‗qimasa ham 
―ichida‖ o‗qiydi va tushunadi.
O‗qishning 
“pastdan tepaga”
(inglizcha 
“bottom-up”
) modeli – matnni 
tushunishda uning eng kichik elementlaridan (bo‗laklaridan) kattaroq elementlariga 
harakat qilish orqali ma‘no chiqarish. 
 
Matn 
Gaplar 
Jumlalar 
So'zlar 
Harflar 


O„qishning “pastdan-tepaga” modeli 
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarni o‗qishga o‗rgatish aynan ―pastdan-tepaga‖ 
modeliga asoslanib tashkil qilingan: o‗quvchilarga har bir harfni tanish, uni talaffuz 
qilish va yozish orgatiladi, so‗ng shu harf ishtirok etgan bo‗g‗inlar, so‗zlar, gaplar va 
kichik matnlarni o‗qishga o‗rgatiladi, bunda o‗quvchilardan ovoz chiqarib o‗qish 
so‗raladi.
 
Umumta‟lim maktablarining 1-sinfi uchun “Alifbe” darsligida o„qishning 
“pastdan-tepaga” modeli 
Shu bilan birga, mutolaa jarayonining an‘anaviy qarashlaridagi zaif nuqta – 
buo‗qish jarayonida o‗quvchi shaxsiyatining, uning dunyoqarashi, undagi mavjud 
bilimlar majmui rolini hisobga olmaslikdir. An‘anaviy qarashlarning bu zaif jihatiga 
javob o‗laroq kognitiv qarashlar yuzaga keldi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin