“tepadan-pastga”
yoki bilimga asoslangan modelini ishlab chiqqanlar. Ushbu modelga kora, matn bilan
ishlashni ―psixolingvistik topishmoq o‗yini‖ sifatida tushunish mumkin, ya‘ni
mutolaa jarayonida o‗quvchi o‗zida mavjud bilimlarni ishga solib, matndan
anglashiladigan ma‘noni oldindan bashorat qiladi (gipotezalar – taxminlar yaratadi)
hamda matnning sintaktik, semantik va fonologik belgilari asosida bu bashoratlarini
tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Bu jarayonda matnni o‗qishdan maqsad muhim rol
o‗ynaydi va matnni tushunishga ta‘sir qiladi.
O‗qishning
“tepadan pastga”
(inglizcha
“top-down”
) modeli – matnni
tushunishda o‗quvchi matndan anglashiladigan ma‘noni oldindan ―bashorat‖ qilishi
va mutolaa jarayonida bu ―bashorat‖larni tasdiqlashi yoki inkor qilishi.
27
Sxema (yunoncha
“skhēma”
– ―shakl‖ so‗zidan) – insonda mavjud bo‗lgan dunyoqarash, bilimlar,
tushunchalar, hatti-harakatlar yig‗indisi.
O„qishning “tepadan-pastga” modeli
O‗quvchimatn bilan ishlashda, ―bashorat‖ – gipotezalarini tasdiqlash yoki inkor
qilishda uch turdagi bilimlarni ishga soladi:
- umumiy bilimlar: o‗quvchining dunyo, ijtimoiy munosabatlar, sabab va
oqibatlar haqidagi tasavvurlari;
- maxsus bilimlar: o‗qilayotgan matn mavzusiga oid bilimlar;
- yordamchi bilimlar: matn tuzilishi, sintaksisi va uslubi haqidagi bilimlar.
Matnni tushunish jarayoni samarali bo‗lishi uchun har uch turdagi bilimlar ishga
solinishi talab qilinadi. Masalan, Alisher Navoiy asarlarini tushunish uchun Navoiy
davridagi o‗zbek tilining o‗ziga xos xususiyatlarini va Navoiy davrida ishlatilgan,
hozir iste‘moldan chiqqan so‗zlarni bilish bilan birga, islom dini va tasavvuf ta‘limoti
haqida tushunchaga ega bo‗lish talab qilinadi. Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖
romanini mutolaa qilayotgan o‗quvchida roman tasvirlangan davrda Qo‗qon
xonligidagi siyosiy va ijtimoiy vaziyat, o‗sha davr urf-odatlari (masalan, to‗rttagacha
xotin olish mumkinligi) haqida yetarlicha bilim, tasavvur bo‗lmasa, asarni tushunish
qiyinlashadi. Said Ahmadning ―Kelinlar qo‗zg‗oloni‖ komediyasini tushunish uchun
esa XX asrning o‗rtalarida Sovet Ittifoqida, shu jumladan, O‗zbekistonda olib
borilgan ko‗p qavatli uylar qurish siyosati haqida, shiningdek, an‘anaviy o‗zbek
oilasida qaynona-kelin munosabatlari haqida tasavvur bo‗lishi lozim.
Mutolaa jarayonining kognitiv qarashlari matnning kichik elementlari
(tovushlar, so‗zlar) roliga yetarlicha e‘tibor qaratmaydi. An‘anaviy va kognitiv
O'quvchida mavjud
sxemalar: bilim,
dunyoqarash, tajriba
Matnni
o'qishdan
maqsad
Ma'no
qarashlarning yutuqlari va asosiy tamoyillarrini birlashtirish natijasida meta-kognitiv
qarashlar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: |