tajribasiga ega bo‗lishi va ma‘lum bir dajaraga yetgan bo‗lishi talab qilinadi. Demak,
o‗qishni endi boshlagan o‗quvchiga harflarni tanish, ularni qo‗shib bo‗g‗inlar va
so‗zlar yasash o‗rgatilsa, bu bosqichdan o‗tgan o‗quvchiga mutolaa jarayonini
boshqarish va o‗qilayotgan matnni tushunish imkonini
beradigan strategiyalarni
o‗rgatish talab qilinadi. Bu strategiyalar esa o‗quvchining matnni o‗qishdan maqsadi
va o‗qilayotgan matn turiga (badiiy, ilmiy, publitsistik, informatsion) ham bo‗g‗liq.
Adabiyot fanining asosiy obekti
badiiy asardir
. Adabiyot darslarida o‗quvchilar
milliy va jahon adabiyotining yetuk namunalarini o‗qiydilar, o‗rganadilar va tahlil
qiladilar. Shu bilan birga, badiiy asar boshqa turdagi matnlardan (darsliklar,
ensiklopediyalar, ma‘lumotnomalar va hokazo) tubdan farq qiladi va
bu farqlar badiiy
asarni o‗qish jarayoniga ham ta‘sir qiladi. Badiiy asarning o‗ziga xos xususiyatlari va
bu xususiyatlarning asarni o‗qish jarayoniga ta‘siri adabiyot fanini o‗qitishda va
o‗quvchilarning adabiy bilimlarini baholashda hisobga olinishi lozim.
Badiiy asar –
badiiy ijod mahsuli bo‗lib, unda muallif so‗z vositasida inson his-
tug‗ulariga ta‘sir qilish orqali o‗zining maqsadini ifodalaydi.
Oksford nashriyotining adabiyotshunoslik atamalari izohli lug‗ati
30
badiiy
asarning uch asosiy
mezonini
keltiradi:
- to‗qimalilik, ya‘ni asar muallifning badiiy to‗qima mahsulidir;
- kreativlik, ya‘ni muallif asardagi voqea-hodisalar, his-tug‗ular
bayoniga ijodiy
yondashadi;
- badiiy qiymat, ya‘ni asar so‗z san‘ati namunasi sifatida badiiy qiymatga bo‗lishi
lozim.
Rautlej (Routledge) nashriyotining adabiyotshunoslik atamalari izohli lug‗ati
31
esa
Dostları ilə paylaş: