va hokazo) hamda
multimediya vositalari
dan (musiqa, ovozli yozuvlar,
fotosuratlar, videolavhalar) foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchini Abdulla
Qodiriyning ―O‘tkan kunlar‖ asarini tushunishga tayyorlash
uchun Rossiya istilosi
arafasidagi Turkiston xaritasini ko‘rsatib, xaritadan Toshkent, Qo‘qon, Margʻilonni
topishni, bu shaharlar qaysi davlat tarkibida bo‘lganligini, bu davlatning poytaxti
qayerda bo‘lganligini so‘rash mumkin.
Shuningdek,
asar muallifi haqida qisqacha ma‟lumot
berish,
yozuvchi
biografiyasidan o‘qiladigan asarni tushunish uchun muhim bo‘lgan detallar keltirish
ham oquvchini asarni anglashga tayyorlaydi. Masalan, Antuan de Sent Ekzyuperini
bolaligida oltinran qo ‗ng ‗iroq sochlari sabab ―Qirol-Oftob‖ deb atashgani,
uning
kasbi uchuvchi bo‘lganligi va Afrika ustidan uchayotganida samolyoti halokatga
uchrab, suvsiz qolganligi, Salvadorlik rafiqasi Konsueloni juda yaxshi ko‘rganligiga
qaramasdan u bilan munosabatlari og‘ir bo‘lganligi, ―Kichkina shahzoda‖ asarini
ikkinchi jahon urushi paytida ona yurti Fransiyani fashistlar
istilo qilganida Nyu
Yorkda do‘stining uyida yozganligi singari detallarni bilish o‘quvchilarga ―Kichkina
shahzoda‖ asaridagi obraz va ramzlarni (shahzoda, hikoyachi, gul, baobab, tulki)
yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Bu bosqichda
yo‟naltiruvchi savollar
dan
foydalanish asarning bosh g‘oyasini
tushunishga yordam beradi. Yo‘naltiruvchi savollar samarali bo‘lishi uchun ular:
- ochiq, bitta to‘gʻri javobga ega bo‘lmagan, muammoli savollar bo‘lishi;
- o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan bo‘lishi;
- o‘quvchilarning nafaqat bilimiga, balki dunyoqarashi va hayotiy tajribasiga
tayanadigan bo‘lishi;- o‘quvchilarni shunga o‘xshash
yangi savollarga undaydigan
bo‘lishi lozim.
Asarni o‘qish jarayonida yoki o‘qib bo‘lgandan keyin yo‘naltiruvchi savollarga
yana qaytib, o‘quvchilarning bu borada fikri o‘zgargan - o‘zgarmaganligini so‘rash
mumkin.
Masalan, Antuan de Sent Ekzyuperining ―Kichkina shahzoda‖ asarini o‘qitishda
quyidagi yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin:
- ―Qalb ko‘zi‖ deganda nimani tushunasiz?