“ikki qismli kundalik” to‘ldirishlari asarni
yaxshiroq tushunish va unga nisbatan o‘z munosabatlarini shakllantirishga yordam
beradi. ―Ikki qismli kundalik‖da o‘quvchilar jadval to‘ldirib boradilar: jadvalning
chap tarafiga asardan muhim parcha yoziladi va o‘ng tarafiga shu parchaga
munosabat, parcha asosida tugʻilgan fikrlar yoziladi.
3) O‟qib bo‟lgandan keyingi topshiriqlar Bunday topshiriqlarning maqsadi asarni
tahlil qilish, sintez, baho berish va o‟quvchi hayoti bilan bog‟lash (personalizatsiya) dan iboratdir. Bunda asosiy
e‘tiborni syujetni (voqealar ketma-ketligini) qayta hikoya qilib berishga emas,
g‟oyaga , muallif yetkazmoqchi bo‘lgan fikrga qaratish maqsadga muvofiqdir. Bu
bosqichda tahlil qilishni osonlashtiruvchi yordamchi vositalar sifatida
grafik organayzerlar va
jadvallar dan foydalanish mumkin. Bu bosqichda bajariladigan
topshiriqlar quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
- asarni tarkibiy qismlarga (kulminatsiya, tugun, yechim va hokazo) ajratish;
- asardan uning asosiy gʻoyasini ochib beradigan so‘zlarni topish;
- asardagi voqealarga yoki obrazlar hatti-harakatlariga baho berish;
- asar bosh qahramoni nomidan xat, kundalik va hokazo yozish;
- asardagi voqealarni biron-bir obraz nuqtai nazaridan bayon qilish;
- asar syujetidagi bir detal (voqea) o‘zgarganda voqealar qanday rivojlanishi
mumkinligini bayon qilish;
- asardagi voqealarni davom ettirish yoki asarga boshqa (alternativ) yakun yozish.
Shuningdek, bu bosqichda
adabiyot va boshqa fanlar integratsiyasini ta‟minlash - asarni o‘qish natijasida olgan bilimlarni boshqa fanlar bilan bog‘lash va
boshqa fanlardan olgan bilimlarni o‘qilgan asarga tadbiq qilish muhim rol oynaydi.
Asar bilan ishlashning so‘nggi bosqichida