“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


badiiy math bilan ishlash jarayoni



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
mirzayeva z metodika

badiiy math bilan ishlash jarayoni
o‗qishning yuqorida 
keltirilgan xususiyatlari asosida qurilishi kerak. Badiiy matn bilan ishlash jarayoni bir 
necha bosqichga bo‗linadi va bu 
bosqichlar
o‗quvchida mavjud bilimni faollashtirish 
orqali yangi bilim, tushuncha va fikrlarning o‗zlashtirilishi samarali bo‗lishini 
ta‘minlaydi.
Adabiyot darslarida badiiy asar matni bilan ishlash 
samarali 
bo‘lishi uchun bu 
jarayon: 
- bahs va munozaralarni keltirib chiqarishi; 
- boshqa fanlar boyicha olingan bilimlarga suyanishi hamda ularni boyitishga xizmat 
qilishi; 
- turli nutq ko‘nikmalarini (o‘qish, eshitish, yozish, gapirish) qamrab olishi; 
- yuqori darajadagi kognitiv ko‘nikmalarni ruvojlantirishga xizmat qilishi lozim. 
Badiiy asar matni bilan ishlash jarayonini 
uch bosqichga
ajratish mumkin: 
1) O‟qishdan oldingi topshiriqlar 
Ma‘lumki, umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining amaldagi adabiyot darsliklarida 
o‗qishdan oldingi topshiriqlarga deyarli e‘tibor qaratilmaydi. O‗quvchilarni badiiy 
asarga olib kirish ―asar haqida‖ vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ayrim 
fikrlashdan ortda qolgan o‗quvchilarda ―tushunish o‗qishdan oldin boshlanadi‖, yoki 
―matnni o‗qib bo‗lgandan keyingi savollarga to‗g‘ri javob berish- bu muayan badiiy 
asar mazmunini to‗liq tusunishdir‖, ―tushunish qayta bayon qilish‖ degan tasavvurlar 
hosil qilishi ham tabiiy. Bu holat o‗quvchilarning o‗qituvchi fikriga, yohud ―asar 
haqida‖gi qarashlarga qaram bo‗lib qolishi barobarida matn ustida ishlash 
imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi. 


O‗qishdan oldingi topshiriqlar kitobxondagi 
mavjud bilimlar va badiiy matn 
o„rtasida ko„prik
vazifasini bajaradi. Bundan maqsad o‗quvchilarni o ‗zlari uchun 
notanish bo‗lgan badiiy asar mutolaasiga tayyorlash, asarni yaxshiroq tushunishga 
yordam berish, matnni oldindan ko‗ra olish qobiliyatini shakllantirish, asarda hikoya 
qilingan kontekst (tarixiy davr, geografik muhit, madaniyat) haqida tasavvur 
uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‗qishdan oldingi topshiriqlarni 
tayyorlashda, aksariyat holatlarda struktural tahlil imkoniyatlari (masalan, badiiy 
asarning kompozitsion qurilishi, jumladan, asar sarlavhasi, prolog, epilog, asardagi 
epigraflar, ilk va so‗ngi jumlalar va muallifning badiiy asar kompozitsion qurilishidan 
kutilgan maqsadi va h.k.z) dan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 
Amerikalik psixolog va kognitivist olimlar Devid Rumelhart (
David Rumelhart

1942-2011)
va Donald Norman 
(Donald Norman, 1935) 
ilgari surgan sxemalar 
nazariyasiga ko‗ra 
(schemata theory)
, o‗quvchi yangi ma‘lumotlarni (yangi 
sxemalarni) qabul qilayotganda ularni o‗zida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar (sxemalar) 
bilan solishtiradi va o‗quvchida mavjud sxemalar bilan mos tushadigan ma‘lumotlar 
osonroq va samaraliroq o‗zlashtiriladi. Donald Norman ta‘kidlashicha, ―Mos 
konseptual asos mavjud bo‗lsa, o‗zlashtirish oson, samarali va og‗riqsiz kechadi, aks 
holda bu jarayon og‗riqli va sekin bo‗ladi.
38
‖ Amerikalik olim Vilyam Henk 
(William 
Henk)
ham bu fikrni quvvatlab, shunday deydi: ―Kiruvchi (yangi) ma‘lumot yoki 
mavhud bilimlarga (sxemalarga) mos keladi yoki yangi bilimlarning paydo bo‗lishiga 
olib keladi. O ‗quvchi o‗zida mavjud sxemalarga mos tushadigan yangi misollarga 
duch kelganda bu misollarni o‗zlashtirish sxemalar majvud bo ‗lmagan holatga 
qaraganda osonroq kechadi.‖
39
Demak, yangi matn bilan ishlash jarayoni samarali 
bo‗lishi uchun o‗qishdan oldin matnni tushunishga yordam beradigan bilimlarni 
(sxemalarni) faollashtirish lozim.
Bu bosqichda asarda hikoya qilingan zamon va makon haqida tushuncha berish 
maqsadida turli xil 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin