“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98
mirzayeva z metodika

to„qimalilik, emotsionallik
va 
subektivlikdir

ya‘ni badiiy matn muallifning tasavvuri mahsuli o‗laroq o‗quvchining his-
tuyg‗ulariga ta‘sir qiladi va uni har bir o‗quvchi har xil ta‘sir qiladi. O‗quvchi badiiy 
asarni mutolaa qilishda undan ma‘lumot olish yoki asar syujeti va qahramonlariga old 


detallarni eslab qolishni o‗ziga asosiy maqsad sifatida belgilamaydi. Masalan, Bobur 
hayoti va siyosiy faoliyati haqida ilmiy tadqiqot qilayotgan kishi Pirimqul Qodirov 
yoki Xayriddin Sultonovning Boburga bag‗ishlangan romanlariga emas, balki 
―Boburnoma‖ga va Bobur haqida yozilgan ilmiy asarlarga murojaat qiladi. Shu bilan 
birga, badiiy asarni hammadan bir xil tushunish va talqin qilishni talab qilish badiiy 
asarning qiymatini yo‗qqa chiqaradi. Masalan, ―O‗tkan kunlar‖da Otabek va Kumush 
fojiasiga kim aybdor, degan savolga har bir o‗quvchhi asarni qanday tushunganidan 
kelib chiqib har xil javob beradi: kimdir jamiyatni va o‗sha davr urf-odatlarini, kimdir 
ota-ota rayiga qarshi borolmagan va keyinchalik ikki xotin orasida muvozanatni 
saqlay olmagan Otabekni, kimdir Toshkentga kelganida kundoshini har safar gap 
bilan chaqib oladigan Kumushni, kimdir opasi Xushro‗yning maslahatini o‗zicha 
talqin qilgan Zaynabni, kimdir xotinini oxirigacha o‗ylanmay qilingan hatti-
harakatlardan qaytara lmagan Yusufbok hojini, kimdir boshidan qizini Toshkentga 
yuborishga qarshi bo‗lgan Oftob oyimni ayblaydi, yana kimdir boshqa aybdorlarni 
sanashi mumkin va en qizig‗i, bunda to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri javob yo‗q, har bir 
kitobxon asarga o‗z tushunishidan kelib chiqib yondashadi va bunda har biri haq.
Quyida keltirilgan matnlarni solishtiring: 
1-matn 
Xo‗jand shahri Sirdaryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy 
joylashishi hamda shahar hokimi Temur Malikning qahramonligi bilan xo‗jandliklar 
mo‗g‗ullarga kutilmagan qarshilikni ko‗rsatadilar. Xo‗jand shahri himoyachilari 
Temur Malik boshchiligida qariyb bir oy davomida o‗z shahrini mudofaa qiladilar. 
Oxiri ilojsiz qolganda o‗t ichida qolgan shahar qal‘asini ming nafarga yaqin bahodir 
tark etib, Temur Malik bilan Sirdaryo o‗rtasidagi orolda joylashib olib, dushman 
bilan mardlarcha olishdilar. Nihoyat, maxsus kemalar yasab, daryo oqimi bo‗ylab, 
Xorazm tomon suzib ketdilar. Yo‗l-yo‗lakay dushman bilan jang qildilar. Xalq 
qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik jasorati Xorazm va ona 
yurtining boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida kechdi. 


(A. Muhammadjonov. O„zbekiston taixi. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 7-
sinfi uchun darslikdan) 
2-matn 
Shu kecha osmonda bulut paydo bo‗lib, charaqlab turadigan yulduzlar ko‗zdan 
g‗oyib bo‗ldi. Oy ham qoramtir quyuq bulutlar orasidan ba‘zan Temur Malik 
sarkardaning dimishqiy qilichidek yarqirab ko‗rinib qolardi. Tun qorong‗iligini panoh 
etib, oroldagi yigitlar o‗n besh manjanaqni qirg‗oq – daryo bo‗yiga qator tizib, beliga 
moyli lattalarni arqon bilan mahkam bog‗lagan xarsangtoshlar uyib qo‗yildi. Yarim 
tunda Shohmurod Ko‗histoniy boshchiligidagi ikki kemaga yigirmaga yaqin sarboz 
o‗tirib, orolning yuqori tomonida payt poylab turishdi. Orolning quyi tomoniga terib 
qo‗yilgan manjaniqlarga xarsang qo‗yilib, o‗rtada yonib turgan gulxanga kosov tiqib, 
yondirib, xarsanglarni o‗t oldirib, manjaniqlarni otisha boshlashdi. Qattiq egilgan 
archa taxtasi olovli toshlarni daryo ustidan o‗tkazib, dushman borgohini otashbo‗ron 
qilisha boshlashdi. O‗n besh manjaniqdan tinimsiz otilib turgan olovli xarsanglar 
mo‗g‗ullarni vahimaga soldi. Xarsanglar yerga tushib, ancha vaqtgacha yonib turardi. 
O‗tov tepasiga tushganlari tosh namatni yorib kirib o‗t oldirardi, otlar hurkib to‗rt 
tomonga qochardi. Dushman sarosimaga tushib, bezovta bo‗lgan otlarini ushlab, 
yonayotgan o‗tovlarini suv sepib o‗chirayotgan bir paytda shiddat bilan daryoning 
narigi qirg‗og‗iga ‗otib ketgan ikki kemani dushman payqamay qoldi. 
Mirmuhsin. “Xojand qal‟asi” romanidan 
3-matn 
Sen Xo`jandsan, 
Chingizlarga 
Darvozasin ochmagan, 
Temur Malik orqasidan 
Sirdaryoga sakragan, 
Muqannasan qorachig‗i 


Olovlarga sachragan, 
Shiroqlarni ko‗rgan cho‗pon 
Cho‗lig‗imsan, Vatanim. 
Muhammad Yusufdan 
Birinchi matnning maqsadi – ma‘lumot berish, o‗quvchi uni konkret ma‘lumot 
olish maqsadida o‗qiydi, bunda matndagi ma‘lumotning to‗g‗riligi muhim ahamiyat 
kasb etadi va bu ma‘lumotni har xil talqin qilib bo‗lmaydi: o‗quvchining matnni 
tushungan yoki tushunmaganligini matn asosida savollar berib, o‗quvchi berayotgan 
javoblarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligiga qarab bilish mumkin. Ikkinchi matn esa 
o‗quvchi tasavvurida manzarani gavdalantiradi, lekin matnni o‗qigan har bir o‗quvchi 
bu manzarani har xil tasavvur qiladi. Matnda tasvirlangan voqea tarixda bo‗lib 
o‗tgan, lekin uni aynan muallif tasvirlagan tarzda bo‗lgan deya olmaymiz, matnni 
o‗qiyotgan o‗quvchi uchun ham bu ahamiyatsiz, chunki u asarni ma‘lumot olish 
maqsadida o‗qimaydi. Uchinchi matn ham o‗quvchi his-tuyg‗ulariga ta‘sir qiladi, 
tasavvurini jonlantiradi.
Demak, badiiy matn bilan ishlashda uning boshqa turdagi matnlardan 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin