“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
mirzayeva z metodika

“kitobxon javobi” 
(ayrim manbalarda ―retseptiv estetika‖ 
deb yuritiladi) nazariyasini 
(
inglizcha
 reader-response theory)
olib kirgan olimlardan 
biri, nemis adabiy tanqidchisi Volfgang Izer (Wolfgang Iser, 1926-2007) fikriga 
ko‗ra, asar 
yozilgan
va 
yozilmagan
qismlardan iborat. Kitobxon asarni o‗qiy boshlar 
ekan, undan ma‘lum bir narsani kutadi. Ko‗pincha, kitobxon kutgan narsasini to‗liq 
olmaydi (muallif ko‗p savollarga javoblarni ochiq qoldiradi), bunday holda 
bo‗shliqlarni kitobxonning o‗zi to‗ldiradi. Bu bo‗shliqlar asarning yozilmagan 
qismidir. Bo‗shliqlarni qanday to‗ldirish esa kitobxonning o‗ziga bog‗liq, demak, xar 
xil kitobxon bu bo‗shliqlarni har xil to‗ldiradi. Bu jarayonni Izer yulduzlar turkumiga 
qarash bilan solishtiradi: ―Tunda yulduzli osmonga qaragan ikki kishi bir xil 
yulduzlar turkumiga qarayotgan bo‗lishi mumkin, lekin biri omochni ko‗rsa, 
ikkinchisi esa cho‗michni tasavvur qilishi mumkin.‖ 
33
G‗arb tadqiqotchilarining fikricha, badiiy matn o‗qish natijasida chiqariladigan 
xulosalar 
uch omilning
bir-biriga o‗zaro ta‘siridan kelib chiqadi
34
:
- o‗quvchi: uning hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, unda mavjud bo‗lgan bilimlar 
majmui (―sxemalari‖), matnni tushunishga yordam beruvchi bilimlari (leksika, 
sintaksis, semantika, pragmatika, adabiyot nazariyasi bo‗yicha ma‘lumotlar), mutolaa 
paytidagi emotional holati; 
- badiiy asar matni: matnning mavzusi, tuzilishi, tili, lingvistik, grammatik, uslubiy 
xususiyatlari, ekspozitsiyasi; 
33
Iser W. The Reading Process: a Phenomenological Approach. // New Literary History, 1972, Vol. 
3, No. 2, p. 287.
34
Lipson, A., and Wixson, K. Assessment and Instruction of Reading Disability: An Interactive 
Approach. — New York, NY: HarperCollins, 1991.


- o‗quvchining asarni o‗qishdan maqsadi. 
 
O„qish jarayoniga ta‟sir etuvchi omillar
35
Adabiyot o‗qitish metodikasiga ―tranzaksiya nazariyasi‖ni (inglizcha 
transaction theory
) olib kirgan Amerikalik olima Luiza Rozenblatt 
(Louise 
Rosenblatt)
badiiy matn mutolaasiga 
estetik hodisa
36
sifatida qaraydi. Uning fikricha, 
o‗qilayotgan asardan ma‘no yasash o‗quvchishaxsi – uning bilimi, his-tuyg‗ulari, 
xohish-istaklari bilan asar matnisintezidan kelib chiqadi. Bu sintez jarayoni 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- asardagi voqelik o‗quvchi bilimi va dunyoqarashi bilan organik tarzda birlashadi: 
bir tarafdan, asardan kelib chiqadigan ma‘no o‗quvchi bilimi va dunyoqarashi ta‘siri 
ostida shakllanadi, ikkinchi tarafdan esa, asardan kelib chiqadigan ma‘no o‗quvchi 
bilimi va dunyoqarashiga ta‘sir qiladi; 
- asar o‗quvchi his tuyg‗ulariga ta‘sir qiladi; 
- o‗quvchining tasavvurini uyg‗otadi: tasavvur orqali o‗zgalarning hayoti bilan 
emotsional va intellektual bog‗liqlikni his qiladi, bu esa o‗quvchiga boshqalarni 
tushunish hamda o‗zini boshqalar o‗rniga qo‗yib ko‗rish yoki asardagi voqealarning 
35
Lipson, A., and Wixson, K. Assessment and Instruction of Reading Disability: An Interactive 
Approach. New York, NY: HarperCollins, 1991.
36
Rosenblatt, L. Literature as Exploration. London: Heinemann, 1970.
O‘quvchi 
O‘quvchida mavjud 
bilimlar majmui (sxema) 
O‘qilayotgan matn 
haqidagi bilimlari 
Munosabatlari va 
motivatsiyasi 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin