“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


  G‗azalni o ‗qing, Qofiyalarga e‘tibor bering. Ga‗zal siz uchun qanday jaranglaydi?  2



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
mirzayeva z metodika

1. 
G‗azalni o ‗qing, Qofiyalarga e‘tibor bering. Ga‗zal siz uchun qanday jaranglaydi? 
2. 
Birinchi misradagi holatni ko ‗z oldingizga kelltiring. Qanday manzarani 
ko‗rdingiz? 
3.
Nega shoir ―Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen‖ deydi? Ishq tarafidan 
keladigan baloliklarga qarshi kurashsa, isyon ko‗tarsa bo‗lmaydimi? 
4.
G‗azal ko‗p hofiz va xonandalar tomonidan qo‗shiq qilib kuylangan. Ayrim 
qo‗shiqlarda ijrochilar ―El netib topqay menikim men o‗zimni topmanom‖ o‗rniga 
―El netib topqay menikim men o‗zimni topmasam‖ deb ketilgan. Bunda ma‘no 
qanday o‗zgaradi? Navoiy aytmoqchi bo‗lgan fikrga teskari ma‘no hosil 
bo‗lmaydimi? 
5. 
Nega shoir ―ishqi junun‖ deydi? Nega ―sahro‖? Birinchi misradagi ―dashti 
bepoyon‖ bilan solishtiring. Bunday ma‘no takrori o‗quvchiga (tinglovchiga) qanday 
ta‘sir qiladi? 
6. 
Uchinchi misrada shoir nega savol bilan murojaat qiladi?


7. 
To‗rtinchi va beshinchi misralarni o‗qishda (tinglashda) qanday manzarani 
tasavvur qildingiz? Bu manzarada mubolag ‗a yo‗qmi? Hayotda shunday manzara 
bo‗lishi mumkinmi? 
8.
―Ishq aro parvonavu bulbulg‗a chun hamkoramen‖ deganda qanday san‘at 
qo‗llanilgan? Bu san‘atning vazifasi nima? 
9. 
Oltinchi misra sizga qanday
 
ta‘sir qildi? Ko ‗nglingizda lirik qahramonga nisbatan 
qanday his-tug‗ular uyg‗ondi? Unga achindingizmi? 
10.
Oxirgi misradan shoirni umrining qaysi pallasida deb tasavvur qildingiz? ―Do‗st-
yorlar ketib qoldi‖ deb nima demoqchi? 
11.
Rivoyat qilishlaricha, uch solih yigit zolim hukmdor Daqqiyonus (Daklyonius) 
zamonida tog‗ sari bosh olib ketadilar, ularga Qitmir degan bir it ham ergashadi va 
hammasi bir g‗orga yashirinishadi. Olloh ularni zulm taaddisidan asrab, uyquga 
cho‗mdiradi va Daqqiyonus vafoti (aytishlaricha, uch yuz yil)dan keyin uyg‗otadi. 
Boyagi it esa, solihlarga ergashgani uchun, solihlik rutbasiga ega bo‗lgan emish. Bu 
rivoyatning oxirgi misraga aloqasi bor deb o‗ylaysizmi? Oxirgi misradan qanday 
ma‘nolar chiqarish mumkin? 
12. 
G‗azalning asosiy ma‘nosini o‗zida mujassam etgan misrani aniqlang. Shu 
misraning ma‘nosini o‗z so‗zlaringiz bilan aytib bering. 
13. 
G‗azal asosida kuylangan q o ‗shiqlarning bir necha variantini tinglang. Bu 
variantlardan qaysi biri g‗azalni o‗qiganingizda (tinglaganizda) xayolingizda 
jaranglagan musiqaga yaqinroq?
 
 
MUSTAQIL ISH 
―Faol o‗qish modeli‖ asosida Muhammad Yusuf she‘rlari bo‗yicha savol va 
topshiriqlar tuzing.
 
 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin