“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
mirzayeva z metodika

TAKRORLASH: 
Asarning boshidan shu paytgacha bo„lgan voqeani bir-ikkita gap bilan yozing. 
- Qani yur yuqoridagi xonamga, - dedi Rozemari ochiq ko‗ngillik bilan. U 
beozor qizni hech kimga ko‗rsatishni xohlamadi. Zinadan chiqishi bilanoq 
xizmatkorni ham chaqirmasdan o‗zi qizning kiyimlarini almashtirmoqchi bo‗ldi. 
Bunday tasodifiy hodisa tabiiy bo‗lishi kerak, axir! 
- Shu yerga, - dedi u yanada keng, chiroyli xonaga kirishgach. 
Xonaning pardalari tushirilgan, olov yoqilgan, issiq, havorang gilamlar
hammasi xonaga yarashgan edi. Qiz eshik oldida turib qoldi. U hayron edi. Rozemari 
e‘tibor bermadi. 
- Qani, o‗tir, - dedi u stulni olov yoniga siljitib. - Ozroq isinib ol, judayam 
sovqotganga o‗xshaysan. 
- Rahmat, xonim, - dedi qiz biroz uyalib. 
- Qo‗rqmasdan joylashaver. Kiyimlarimni almashtirguncha o‗tirib tur. Keyin 
boshqa xonaga o‗tib choy ichamiz. Namuncha qo‗rqmasang. - Shunday deya u qizni 
yelkasidan ushlab o‗tqizib qo‗ydi. 
Qaytib kelganda u qizni qanday o‗tqizib ketgan bo‗lsa shu holda ko‗rdi. Rostini 
aytganda qiz ovsarga o‗xshardi. Rozemari e‘tibor bermadi. Unga biroz egilib: 


- Shlyapangni yechmaysanmi? Soching ho‗l ekan, - dedi. 
XULOSA YASASH: 
Qizcha Rozemarining uyida o„zini qanday tutayotganligini ko„rsatadigan 
so„zlarning tagiga chizing. Bundan nima xulosaga kelish mumkin? 
- Xo‗p bo‗ladi, xonim. 
Shlyapa yechildi. 
- Kel, paltongni ham yechamiz. 
Qiz o‗rnidan turdi. Bir qo‗li bilan stuldan ushlab paltosini Rozemariga yechtirdi. 
Paltosi judayam og‗ir edi. U boladay ikkilanib qoldi. Agar odamlar bir-birlariga 
yordamlashishni xohlasalar, ozroq bo‗lsada bir-birlarini hurmat qilishlari kerak
bo‗lmasa juda qiyin bo‗ladi, deb o‗yladi. Endi paltoni nima qilsa ekan? Paltoni ham, 
shlyapani ham yerga tashladi. Rozemari sigareta tutatmoqchi bo‗lib turganda qiz 
to‗satdan: 
- Kechirasiz, xonim, hech narsa yeganim yo‗q, holdan ketayapman, uyga keta 
qolay, - deb qoldi. 
- Hozir, bir pas kutgin, - deya Rozemari qo‗ng‗iroqni chaldi. - Choy, tezroq 
choy keltiringlar, ozroq brendi ham. 
Xizmatkor kirib chiqar, qiz esa yig‗lamsirab: 
- Brendi ichmayman, faqat choy ichaman, xonim, - derdi. 
Uning bu holati ayanchli edi. Rozemarining unga rahmi keldi. 
- Yig‗lama, jonginam, yig‗lama, - deya ro‗molchasini uzatdi. U boshqa hech 
nima deya olmadi. Ozg‗in yelkasidan quchib bag‗riga bosdi. Qiz uyalib o‗tirmadi. 
Ikkalasi ayol ekanligidan tashqari hamma narsani unutdi va xo‗rsinib: 
- Endi bunday yashay olmayman, chiday olmayman. Bu turishda o‗zimni bir 
narsa qilib qo‗yaman, - deya hayotidan noliy boshladi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin