“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
mirzayeva z metodika

TASAVVUR QILISH: 
Boy, bashang kiyingan Rozemarining kambag „al, qaltirb turgan yosh qiz bilan 
gaplashayotganini tasavvur qilib ko„ring. Xayolingizda paydo bo„lgan tasvirni 
qog„ozgga tushirishga harakat qiling. 
Birdaniga bu voqea Rozemari uchun sarguzashtday tuyuldi. Bunday havodagi 
uchrashuv xuddi Dostoyevskiy romanidan olinganday. Tavakkal qilib qizni uyga olib 
ketsa-chi? Nima bo‗lar ekan? Juda qiziq bo‗lardi. Shunda u hayron qolgan 
do‗stlariga: «Uyimga olib kelgandim, xolos», - degan bo‗lardi. Keyin oldida turgan 
qizga: 
- Yur uyga, birga choy ichamiz, - dedi. 
ANIQLASHTIRISH: 
Parchani yana bir marta o„qing. Rozemari qizni uyiga taklif qilishdan oldin 
xayolidan nima kechganiga e‟tibor bering. Bu detal sizga Rozemari haqida 
qanday ma‟lumotni beradi? 
Qiz kutilmagan taklifdan orqaga chekindi. Hatto qaltirashdan ham to‗xtadi. 
Rozemari qizning qo‗lidan ushlab: 
- Nimaga hayron bo‗layapsan? Qani ketdik, - dedi jilmayib. 
- Yo‗q, yo‗q, xonim, - dedi qiz seskanib. 
- Yo‗q, borasan, - dedi Rozemari qat‘iy. 
- Siz, siz meni politsiyaga olib bormaysizmi? 
REAKSIYA BILDIRISH: 
Siz qizchaning Rozemari taklifiga reaksiyasidan hayron bo„ldingizmi? 


- Politsiyagami? - birdan kulib yubordi Rozemari. - Nahotki shunday deb 
o‗ylasang? Yo‗q, faqat yordam bermoqchiman, xolos. 
Ular mashinaga o‗tirishdi va uyga yo‗l olishdi. Yo‗lda ayol asirasiga bunday 
tasodifiy uchrashuvlar hayotda bo‗lishini, farishta, mehribon onalar haqiqatda 
borligini tushuntirmoqchi bo‗ldi. Gap oxirida: 
- Qo‗rqmasdan yuraver. Axir ikkalamiz ham ayolmiz... - deb qo‗ydi. 
Nihoyat mashina to‗xtadi. Qo‗ng‗iroq chalindi, eshik ochildi, birga uyga 
kirishdi. Issiqlik, yorug‗lik, uydagi shinamlik, hamma narsa o‗ziga o‗xshardi. Shu 
vaqtgacha bilmagan ekan. Uydagi hamma jihoz uni kutardi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin