REAKSIYA BILDIRISH:
Qizning holatini ko„z oldingizga keltiring. Ko„nglingizdan nimalar kechdi?
-
Unday qilma, yordam beraman. Qaragin-a uchrashganimizni.
Hozir choy
ichamiz, hammasini aytib berasan. Biron narsa o‗ylab toparmiz. Yig‗lama.
Ular choy kelganda ancha-muncha tinchib qolishgandi.
Xizmatchi qizning oldini har xil shirinliklar bilan to‗ldirib tashladi. Rozemari
sigareta chekib uni kuzatib o‗tirdi. Dasturxon olingach beozor,
nimjon qiz charchab
o‗zini stulga tashladi.
Rozemari sigaretni chekib bo‗ldi, gapni boshlash vaqti kelgandi.
- Qachon ovqatlanganding? - so‗radi muloyimgina.
Shu payt eshiq ochildi.
- Rozemari, kirish mumkinmi?
Bu Filipp edi.
- Marhamat.
U kirdi. Kirdi-yu, to‗xtab qoldi. Rozemari jilmayib:
- Bu dugonam miss...
- Smit, xonim, - dedi qiz qo‗rqmasdan tik qarab.
- Smit, - davom ettirdi Rozemari. - Biroz gaplashmoqchi edik.
- Ha, albatta, - dedi Filipp. Uning ko‗zi polda yotgan palto va shlyapaga tushdi.
Filipp olovga yaqinlashib: - Judayam yomon kun bo‗ldi, - dedi befarq o‗tirgan qizga
qarab.
- Ha, haqiqatdan ham yomon, - gapini tasdiqladi xotini.
Filipp kulib qo‗ydi.
- Kutubxonaga, oldimga kirgin. Miss Smit bizni ma‘zur tutar.
- Albatta.
Ular xonadan chiqishdi.
- Menga qara, tushuntirsang-chi bundoq. Kim u o‗zi?
INFERENSIYA:
Filippning qizni ko „rgandagi reaksiyasini tasvirlaydiga so „zlarning tagiga
chizing. Bundan Filipp haqida qanday xulosa chiqarish mumkin?
Rozemari kuldi, eshikka suyanib javob berdi:
- Keson ko‗chasidan topib oldim. Haqiqiy topilma. Choy-chaqa so‗radi. Men esa
uyga olib keldim.
- Endi u bilan nima qilmoqchisan? - jahli chiqdi Filippning.
- Unga yaxshi muomalada bo‗l, - dedi birdan Rozemari, - ahvoli qiyin hozir.
- Azizim,
- dedi Filipp,
- bilasanmi, sen aqldan ozibsan.
Bu umuman mumkin
emas.
- Bilardim shunday deyishingni, - e‘tiroz bildirdi Rozemari. - U bugun qoladi.
- Lekin bilasanmi... - dedi Filipp sekingina va sigaretasini tishlab: - Istarasi
issiqqina ekan, chiroyli, menga yoqdi.
- Chiroyli? - Rozemari kutilmagan gapdan lol qoldi.
- Sen shunday deb
o‗ylaysanmi? E‘tibor bermapman.
- Nahotki, - dedi er gugurtni chaqib,
- U judayam yoqimli, bir qaragin, azizim.
Xonaga kirganda o‗zimni yo‗qotib qo‗ydim... Nima bo‗lgandayam xato qilayapsan.
Qo‗pollik qilgan bo‗lsam kechirasan.
Dostları ilə paylaş: