- Ha, ajoyib! - Rozemarini gullar hayratta soldi.
- Xo‗sh, narxi qancha?
Sotuvchi, go‗yo, o‗zini eshitmaganga soldi. Keyin pichirlagan ovoz eshitildi.
- 28 giney, xonim.
- 28 giney?
Razemari sezdirmadi. Qutichani joyiga qo‗ydi; qo‗lqoplarini kiydi.
- 28 giney? - Uning kayfiyati buzildi.
- Iltimos, olib qo‗ying,
keyin olaman, -
dedi ovozi qaltirab.
Sotuvchi allaqachon tushungandi. Albatta, u Razemari uchun qutichani bir umr
saqlaydi.
Tashqaridagi eshik g‗ijirlab yopildi.
U qish havosini kuzatdi. Yomg‗ir yog‗mokda. Havo sovuq bo‗lib,
hozirgina
yongan ko‗cha chiroqlari xomushday ko‗rinadi. Ular nelardandir afsuslanganday xira
shu‘la sochib turishardi. Odamlar ham har tarafga shoshilishmokda. Rozemari
qandaydir g‗alati bo‗ldi. Judayam qutichani olgisi kelgandi.
Albatta,
mashinasi joyida edi, faqat yo‗ldan o‗tish kerak.
Lekin nimagadir
jimgina turardi. Hayotda hamma narsa bo‗lishi mumkin,
kimdir adashadi,
kimdir
ularga yo‗l ko‗rsatadi, ba‘zilar yo‗q.
Xuddi shu payt allakim:
- Kechirasiz, xonim, - deb uning xayolini bo‗ldi.
Rozemari burilib orqasiga qaradi. Oldida qorachadan
kelgan judayam yosh bir
qiz turardi. U xuddi suvdan chiqqan odamday qaltirardi. Qaerdan kelgan bo‗lsa?
XULOSA YASASH:
Do„kondan chiqqanda Rozemarining kayfiyati qanday edi? Qaysi so „zlar
Rozemarini kayfiyatini ochib beradi?
- X-xonim, - duduqlandi qiz, - ozroq choy-chaqa puli bering.
- Choy-chaqa? - hayron bo‗ldi u. Bu ovoz umuman gadoy ovoziga o‗xshamasdi.
- Umuman puling yo‗qmi? - so‗radi Razemari.
- Yo‗q, xonim.
Qiziq, Rozemari unga yaqinlashdi. Bundan ham qizig‗i bo‗ladimi, axir?
Dostları ilə paylaş: