ASARNI O„QIYMIZ ...
Rozemari Fell unchalik go‗zal ayol emas. Ishqilib uni go‗zal deyish qiyin. Yo,
«chiroylikkina», deb atasakmikan? Ha, ha, agar Rozemarining fazilatlarini sinchiklab
kuzatsak... Nazarimda, sinchiklab kuzatish ham unchalik shart emas-ov...
INFERENSIYA:
Muallif nima demoqchi?
Rozemari yosh, istarasi issiq, zamonaning eng so‗nggi
urfida did bilan
kiyinadigan, kitobxonlikka o‗ch ayol. Uni turli kasb egalari davrasida tez-tez
uchratasiz. Davradoshlarining ba‘zilari yoqimtoy, ajoyib kishilar bo‗lib, ayrimlari esa
g‗alati-g‗alati fe‘l-atvorli edi.
Rozemari bundan ikki yil oldin turmushga chiqqandi. Maykl ismli erkatoy o‗g‗li
bor. Eri ham sidqidildan uni sevadi. Bu oila
boy yashashardi, haqiqatdan ham boy.
Rozemari biror narsa xarid qilmoqchi bo‗lsa, ko‗proq Parijga boradi,
men esa
Bond ko‗chasiga boraman. Mabodo Rozemarining ko‗ngli gulga ketsa, mashina uni
muhtasham binolar joylashgan Rejent ko‗chasiga olib boradi. Shunda Rozemari
do‗kon peshtaxtalariga hayrat bilan boqib:
- Men ana uni, mana buni va yana manavini ham olmoqchiman, - deydi. - Ana
undan to‗rt dasta bersangiz. Ana u ko‗zadagi atirgullarni ham. Ha, hammasini bering.
Yo‗q, yo‗q, nastarin kerak emas. Nastarinni yoqtirmayman, judayam beso‗naqay.
Rozemarini mashinagacha ozg‗ingina sotuvchi qiz kuzatib qo‗yadi.
Uning bir
quchoq gul ko‗tarib odimlashi xuddi beso‗naqay kiyim kiyib olgan yosh bolaning
yurishiga o‗xshardi.
Dostları ilə paylaş: