“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
mirzayeva z metodika

 
 


Savol va topshiriqlar 
1. 
Asar ekspozitsiyasini o‗qing va quyida berilgan ―Grinvich qishlog‗idan shahar 
manzarasi‖ rasmi bilan solishtiring. Rasmdagi kayfiyat asardagi kayfiyat bilan 
qanchalik uyg‗un? 
2. 
Sizningcha, Jimmi Uels do‗stini o‗zi hibsga olmay to‗g‗ri ish qildimi? Nega 
shunday deb o‗ylaysiz? 
3. 
Nega Bob Jimmi bilan uchrashuvga yetib kelish uchun 1000 milya masofa bosib 
o‗tishga qaror qildi? 
4. 
O‘Genri hikoyalari ko‗pincha kutilmagan yakun topadi. Siz Jimmi Uelsning 
kimligini asarni o‗qish jarayonida qaysi payt bilib oldingiz? 
5. 
Nega muallif politsiya posboni kimligini asar oxirigacha sir tutdi? 
6. 
Muallif taranglik yaratish uchun qanday detallar va tasvirlardan foydalangan? 
7. 
Tasavvur qiling, siz gazeta muxbirisiz. Gazetaning ―yangiliklar‖ rukni uchun 
Bobning hibsga olinishi haqida maqola yozing. Maqolaga o‗quvchining diqqatini jalb 
qiluvchi sarlavha toping. 
8. 
Bob va Jimmi uchrashib birgalikda ovqatlanishsa nimalar haqida gaplashishgan 
bo‗lishardi? Bob va Jimmi o‗rtasida restoranda, kechki taom ustida kechishi mumkin 
bo‗lgan dialog yozing.
9. 
Bob Jimmini tanib qolganida voqea qanday yakun topgan bo‗lardi? 
10. 
Jimmi Bobning suratini politsiya ofisida ―Diqqat! Qidirilmoqda!‖ plakatida 
ko‗rgan bo‗lsa kerak. Sinfdoshingiz bilan birgalikda o‗sha plakatni chizing. Hikoyani 
yana bir marta o‗qib chiqing va plakatdagi rasmga Bobning barcha o‗ziga xos 
belgilarini kiriting. Rasm tagida Bobni tutishga yordam beradigan so‗zlar ham 
bo‗lishi lozim. 
11. 
Jinoyatchilarning ko‗pincha o‗zlari yaxshi ko‗rib aytadigan qo‗shiqlari bo‗ladi. 
Bobning qo‗shig‗ini yozing va uni musiqaga soling. 


12. 
Hikoyadagi voqealar XX asr boshlarida AQSHning Nyu York shahrida bo‗lib 
o‗tadi. Bu voqealar hozirgi O‗zbekistonda sodir bo‗lishi mumkinmidi? Agar voqealar 
hozirgi O‗zbekistonda, sizning shahringizda sodir bo‗lsa, nimalar boshqacha 
bo‗lardi?
 
“Literature and integrated Studies. Grade 7” (“Adabiyot va integrallashgan fanlar. 
7-sinf”) darsligiga tayanildi. (Alan Prurves va boshqalar. “ScottForesman” 
nashriyoti, Illinoys, 1997)
 
“Grinvich qishlog „idan shahar 
manzarasi” (1922) 
Amerikalik rassom Jon French 
Sloun (John French Sloan, 
1871-1951) chizgan surat 
 
 
 
 
 
 



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin