BLUM TAKSONOMIYASI ASOSIDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB
CHIQISH:
YIGIRMA YILDAN SO‟NG” HIKOYASI BOYICHA NAMUNAVIY SAVOL
VA TOPSHIRIQLAR
O‟Genri (1862 - 1910)
Asl nomi Uilyam Sidni Porter bo‘lgan
amerikalik yozuvchi.
Aptekachi, sotuvchi,
kitob bezakchisi,
noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar,
feletonlar yozishni
mashq qilgan (1896 yilgacha), qamoqdaligida (1897—1901)
yozgan hikoyalarini O‘Genri taxallusi bilan yashirin chop
ettirgan.
1904—10 yillarda 9 novellalar to‗plami («Yonayotgan sham»,
«G‗arb qalbi», «Yoqimtoy o‗g‗ri» va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan.
«Qirollar va karam» (1904) romani sarguzasht-yumoristik
novellalardan tashkil
topgan.
O‘Genri amerika hikoyachiligining o‗ziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi,
kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning ko‗p ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning
oddiy mehnatkash — «kichik inson»ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni
madh etish va boshqa O‘Genri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi («To‗rt
million», 1909). Asarlari o‗zbek tiliga tarjima qilingan. G‗afur G‗ulom («Mening
o‗g‗rigina bolam»), Abdulla Qahhor («Anor») va boshqalar o‗zbek hikoyachiligini
O‘Genri ijodining ilg‗or
tomonlari bilan boyitganlar
Dostları ilə paylaş: