partiya a‘zosi sifatida tiklangani xabar qilingan edi.
Ikkinchi javob Moskvadan, Davlat xavfsizligi qo‗mitasidan bo‗lib, unda
aytilishicha, dadamlar Uzoq Shurqdagi qaysi bir o‗rmon xo‗jaligida daraxt kesuvchi
bo‗lib ishlagan, 1943 yil qish oylarida (vaqti aniq aytilmagan) daraxt kesayotgan
paytida yiqilib vafot etgan.
Birinchi javobdan farqli o‗laroq, bu xatda shunday ilova ham bor edi. Agar
volidamiz (men yozgan xat, tabiiy, oyimlar nomidan bitilgan edi) nafaqa yoshida
bo‗lsalar, u kishiga davlat tegishli miqdorda nafaqa to‗laydi. Agar oyimlarning turar
joyi bo‗lmasa, u kishi qo‗mitadan kelgan ushbu javob asosida shahar kengashiga
murojaat qilib, navbatsiz uy oladilar...
Har ikkala xat ham haqiqatni qaror toptirish, adolatni tiklashga qaratilgan edi.
Ammo men negadir, ehtimol, Uzoq Sharqda olti yil oddiy soldat bo‗lib, butun
qiyinchiliklarni boshimdan o‗tkazganim uchundir, nogahon o‗zim ko‗rgan bepoyon
sovuq o‗rmon, qor tagida egilib turgan daraxtlar, qish ko‗z oldimga keldi. Bir zum
nigohim oldiga bu qorong‗i o‗rmonda behol imillab daraxt kesayotgan dadamlar
keldi, keldi-yu, alam, iztirob, mehr-shafqat va xo‗rlik tuyg‗ulari toshqinday guvillab
vujudimni qaqshatib yubordi.
«Yo‗q! Bu nopoklar 1918 yildan firqa a‘zosi bo‗lmish otamni nohaq qamaydilar,
qariganida ham ozod qilishni istamay, qahraton qishda ham o‗rmon kesdirib, o‗limga
mahkum etadilar-u, endi o‗z gunohlarini yuvish umidida judolik azobidan ikki
bukilib qolgan bevasiga nafaqa to‗larmishlar, boshpana berarmishlar! Yo‗q, men bitta
onamni ular bergan sadaqasiz ham boqib olaman, ularsiz ham boshpana topib
beraman!»
Xayolan shunday deb, yaxshi niyat bilan yozilgan ikki xatni burda-burda qilib
yirtib tashladim...
BAHO BERING: Hikoya qahramoni to„g„ri ish qildimi?