to„qimalilikni
badiiy asarni boshqa turdagi asarlardan (masalan, ilmiy yoki
publitsistik asarlardan) farqlovchi
asosiy mezon
sifatida keltiradi. Demak, badiiy
asarda tasvirlangan voqelik muallifning tasavvuri mahsuli o‗laroq reallikka da‘vo
qilmaydi.
30
Qarang: Baldik C. The Concise Oxford Dictionary of Literary Terms. 2
nd
ed. — Oxford: Oxford
University Press, 2011.
31
Qarang: Childs P. and Fowler R. The Routledge Dictionary of Literary Terms. — London:
Routledge, 2006.
N. Brodskiy va boshqalar tahriri ostidagi adabiyotshunoslik atamalari izohli
lug‗ati
32
badiiy adabiyotning quyidagi
xususiyatlarini
keltiradi:
- badiiy adabiyotdagi voqelik real hayotdagi voqelikning aynan takrori emas;
- badiiy adabiyotdagi voqelik betakror – o ‗quvchi asarni har safar o‗qiganda bu
voqelikni boshqacha qabul qiladi;
- badiiy adabiyotdagi voqelik real hayotdagi voqelikdan ihota qilingan;
- real voqelik inson tafakkuridan tashqarida ham mavjud, badiiy adabiyotdagi voqelik
esa faqat inson tafakkurida mavjud bo‗ladi;
- badiiy adabiyotdagi voqelikni yaratgan muallif ma‘lum bir maqsadni ko‗zlagan
bo‗ladi.
Masalan, Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖ romani misolida badiiy asarning
yuqorida keltirilgan xususiyatlarini tahlil qilishimiz mumkin:
- asar ma‘lum bir real tarixiy zamon va makon haqida (Rossiya istilosi arafasida
Qo‗qon xonligi) haqida bo‗lsa-da, unda tasvirlangan voqealar tarixiy voqealarning
ayni bayoni emas, hatto Toshkent qamali, qipchoq-qorachopon mojarosi,
Musulmonqulning o‗limi singari tarixiy voqealar bayonida ham badiiy to‗qima
ustunlik qiladi;
- kitobxon asarni har safar qayta o‗qiganida romandagi voqealarni boshqacha
tasavvur qiladi, voqealarga va qahramonlarga munosabati qaysidir ma‘noda o‗zgaradi
– aks holda asarga qayta murojaat qilmasdi;
- asarda tasvirlangan davlat (Qo‗qon xonligi) siyosiy xaritada hozir mavjud emas,
zamon ham, makon o‗zgargan, lekin kitobxon har safar asarga murojaat qilganda
o‗zini o‗sha davrga, o‗sha joylarga, o‗sha odamlar orasiga tushganday his qiladi;
- Qo‗qon xonligi degan davlat, Musulmonqul, Xudoyorxon singari tarixiy shaxslar
tarixda mavjud bo‗lgan, lekin aynan Qodiriy tasvirlagan zamon, makon, shaxslarni
kitobxon faqat asarni o‗qisagina idrok qiladi va bir kitobxon ularni har xil idrok qiladi
32
Qarang: В. И. Язвиsкий., М. Столяров., К. Локс. Литературная энsиклопедия: Словар
литературных терминов: В 2-х т. / Под редакsией Н. Бродского, А. Лавреsкого, Э. Лунина, В.
Львова-Рогачевского, М. Розанова, В. Чешихина-Ветринского. — М.; Л.: Изд-во Л. Д.
Френкель, 1925.
– romanni o‗qigan har bir kitobxonning o‗zining Marg‗iloni, Toshkandi, Otabegi,
Kumushi, Musulmonquli bor;
- Qodiriy romanni yozayotganida uning maqsadi faqat voqealar, makon va zamonni
tasvirlash bo‗lmagan, u o‗zi yashagan davr talablari, o‗zining shaxsiy qarashlaridan
kelib chiqib ma‘lum bir maqsadni ko‗zlagan va asardagi barcha vositalarni shu
maqsad sari yo‗naltirgan.
Adabiyotshunoslikda
Dostları ilə paylaş: |