1) O„qish – bu interfaol jarayon.
O‗qish – bu o‗quvchi va matn orasidagi
interfaol
jarayon
va bu jarayonda
o‗quvchida mavjud sxemalar matnni tushunishning qay darajada samarali bo‗lishini
hal qiladi. Alohida olingan so‗zlarni tushunish hamda matnning kengroq kontekstini
tushunish matnni tushunishning asosidir, ya‘ni o‗quvchi matnda ishlatilgan so‗zlarni
tushunmasa yoki so‗zlarni tushungani bilan kontekstni tushunmasa, ya‘ni matnda
so‗z ketgan hodisa yoki voqelik haqida yetarli bilimi bo‗lmasa, ma‘no
chiqara
olmaydi.
Misol:
Bor edi beshada bir tund sher,
Vahshat aro ko‗k asadidek daler.
(Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror”dan)
Ushbu parchani tushunish uchun
besha – to„qay, tund – yirtqich, vahshat –
yovvoyi, ko„k – osmon, asad – sher, daler – qo„rqmas
so‗zlarining ma‘nosini bilish
lozim.
Yoki:
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?
Ibrohimdin qolg‗on ul eski do‗konni na qilay?!
(Mashrabdan)
Ushbu baytning ma‘nosini tushunish uchun Makkaga borib haj qilish Islomning
besh farzlaridan biri ekanligini, ―Ibrohimdin qolg‗on ul eski do‗kon‖
deganda
Makkadagi Ibrohim alayhissalom qurdirgan va muqaddas sajdagoh bo‗lgan Ka‘ba
nazarda tutilhanligini bilish kerak.
Yana bir misol:
- Turing, bugun professor Rauf Abdullayevich obxod qiladi! – dedi u Sherzod
uyg‗onishi bilan qaddini rostlab. – O‗rinlaringizni yaxshilab tartibga solinglar.
Tumbochkaning ustida ortiqcha narsalar turmasin.
(O„tkir Hoshimov, “Nur borki, soya bor”dan)
Ushbu parchani tushunish uchun o‗quvchi ―obxod‖ (kasalxonada shifokorning
bemorlar yotgan palatalarni aylanishi) nima ekanligini bilishi kerak.
O‗qituvchi o‗quvchiga asarni tushunishga yordam berishi uchun undagi mavjud
sxemalarni faollashtirishi – o‗quvchida mavjud bilimlar
majmui va hayotiy tajribani
ishga solishi lozim. Shu bilan birga, asarni tushunish, undan ma‘no chiqarish uchun
sxemalar yetarli bo‗lmasa, unda asarni o‗qitishdan oldin va o‗qitish davomida
bilimlardagi bo‗shliqlarni to‗ldirib borish –sxemalarni shakllantirishkerak bo‗ladi.
Bunda asarni o‗qitishdan oldingi va asar bilan ishlash davomida bajariladigan savol
va topshiriqlar muhim rol o‗ynaydi, shuning uchun xorij darsliklarida bunday savol
va topshiriqlardan keng foydalaniladi.