“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


) O„qish – bu konstruktiv jarayon



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
mirzayeva z metodika

2) O„qish – bu konstruktiv jarayon. 
O‗qish davomida o‗quvchi matndan 
ma‟no yaratadi
. Matn bilan ishlash 
jarayonida o‗quvchi muttasil ochiq aytilmagan (yashirin) ma‘noni anglash, 
bo‗shliqlarni to‗ldirish, taxminlar (gipotezalar) yaratish va ularni matn asosida 
tekshirish jarayonlari asosida ma‘no yaratadi.
Masalan: 


Tongga yaqin onasining ingrayotganini eshitdi. Keyin otasi nimadir dedi. 
Tancha sovub qolgan, badani sovuqdan junjika boshlagan edi. Otashkurakni olib 
kulni titib qo‗ysa-ku, olam guliston, ammo erinchoqlik sovuqdan ustunlik qildi. Bu 
yumushni ertalab onasi bajarar edi. 
Uchovlon tanchaning uch tomonida yotishardi. Hozir onasi narigi uyda 
ingrayapti, otasi nimadir deyapti. Sovuq uyda nima qilishyapti ekan? 
— Uyg‗ondingmi, toychoq? — dedi dadasi ostonada turib. — Turaqol, ayangni 
kasalxonaga tashlab kelaman. Bugun qorbobo senga ham chana, ham uka olib 
keladiganga o‗xshaydi. Sen yaxshi bola bo‗lib o‗tirib tur. 
(Tohir Malik. “Shaytanat” qissasi 1-kitobdan) 
Ushbu parchadan o‗quvchi bolaning onasi homilador ekanligini, otasi uni 
tug‗ruqxonaga olib ketayotganligini anglashi mumkin, vaholanki matnda onaning 
homilador ekanligi va tug‗ruqxona haqida hech narsa deyilmagan.
3) O„qish – bu strategik jarayon. 
Metakognitiv tahlil tarafdorlariga ko‗ra, o‗quvchi matn bilan ishlash jarayonini 
nazorat qila oladi. U so‗zlar, ochiq aytilgan va ochiq aytilmagan fikrlar, o‗zining 
bilimlarini ishga solgan holda matndan ma‘no yaratishi uchun turli strategiyalarni 
ishga soladi. O‗qib tushunish bo‗yicha tadqiqotlar olib borgan olima Sara Dauhauer 
(Sarah Dowhower)
fikricha
37
, oq‗ilayotgan asarni tushunishga yordam beradigan 
strategiyalar quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- o‗quvchida mavjud bilimlarni faollashtirish; 
- bashorat qilish; 
- vizualizatsiya (voqeani xayolida tasavvur qilish); 
- xulosa yasash; 
- o‗z-o‗ziga savol berish; 
37
Dowhower S. Supporting a Strategic Stance in the Classroom: A Comprehension Framework for Helping 
Teachers Help Students To Be Strategic. // The Reading Teacher, 1999, Vol. 52, No. 7, pp.673–683.


- matnning badiiy elementlarini tahlil qilish; 
- ochiq aytilmagan yashirin ma‘noni anglash; 
- muhim ma‘lumotni ajratib olish; 
- sintezlash; 
- monitoring qilish; 
- noto‗g‗ri tushunchalarni to‗g‗rilash. 
Shuningdek, o‗qilayotgan matnni boshqa asarlar va o‗zining hayotiy tajribasi 
bilan bog‗lash, solishtirish, o‗xshash va farqli jihatlarini qidirish hamda savol berish, 
o‗qilayotgan matn ustida mushohada yuritish, baho berish ham matnni tushunishga 
yordam beradigan xizmat qiladigan muhim strategiyalarga kiradi. Adabiyot darslarida 
o‗qituvchi o‗quvchiga bu strategiyalarni o‗z o‗rnida va samarali ishga solishni 
o‗rgatishi mutolaa jarayonining samarali bo‗lishini ta‘minlaydi.


Ukraina maktablarining 8-sinfi uchun Y. Voloshuk va Y. Slobodanyuk 
hammuallifligidagi “Adabiyot” darsligida (Kiyev, “Geneza” nashriyoti, 2016) 
Servantesning “Don Kixot” romanini o „rganishda vizualizatsiya strategiyasidan 
foydalanish 
Adabiyot darslarida 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin