Savol va topshiriqlar
1.
Siz uchun mutolaa nima? Siz nima uchun asar o‗qiysiz?
2.
Mutolaa jarayoning ilmiy nazariy asoslari haqida nimalarni bilib oldingiz?
An‘anaviy, kognitiv va meta kognitiv qarashlarning asoslari nimalardan iborat?
3.
O‗qishning pastdan tepaga modeli deganda nimani tushunasiz? O‗qitishning
tepadan pastga modeli deganda-chi? Fikrlaringizni muayan badiiy asar misolida
izohlang.
4.
Siz uchun badiy asar nima? Badiiy asarning umumiy xususiyatlari, mezonlari
nimalardan iborat?
5.
―Kitobxon javobi‖ (reader- response theory) nazariyasining adabiy ta‘limdagi
o‗rni haqidagi mulohazalaringizni muayan badiiy asar misolida tahlil qiling.
6.
Badiiy asar tahlilida kitobxon, matn va kontekst uchligi qanday ahamiyat kasb
etadi?
7.
Mutolaa bu ijodiy-individual, interfaol jarayon ekanligini o‗zingiz o ‗qigan badiiy
asarlar misolida izohlashga harakat qiling.
8.
Nima uchun mutolaani konstruktiv jarayon deb ataymiz? Kitobxonning badiiy
asardan ―yangi asar‖ yaratishida qanday omillar muhim rol o‗ynaydi?
9.
Mutolaa strategik jarayon ekanligini o‗z hayotiy tajribangizdan kelib chiqib
izohlashga harakat qiling.
10.
Badiiy asar bilan ishlash qanday bosqichlarga bo‗linadi? Har bir bosqichning
maqsadlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: