1.
O‗rganuvchining
hayotiy tajribasi
(ularni o‗rab turgan atrof muhitdagi voqea
hodisalar, aurasiga xos hissiy va intellektual munosabatlar hamda mazkur
munosabatlarning shakllanish jarayonlari) adabiy ta'lim markazida bo‗lishi talab
etiladi. ―O‗quvchining hayotiy tajribasidan tashqarida tashkillashtirilgan ta'lim vaqtni
bekor o‗tkazish‖
44
bilan bir qatorda ularni tafakkur jihatdan cheklash, badiiy asarga
yuzaki munosabatda bo‗lish va oqibatda ta'limda kutilgan maqsadga erisha olmaslik
kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Badiiy asarni pragmatik yondashuvda o‗rganish ko‗plab rivojlangan
mamlakatlarda uzoq yillardan beri qo‗llanilib kelayotgan samarali usul hisoblanadi.
Xususan, Angliyada va Amerikada nashr qilingan adabiyot darsliklarining deyarli
barchasida asarning hayot bilan bog‗liqligi (―Connect to life‖) kabi b‗limlari mavjud
bo‗lib, ularda aks etgan savol va topshiriqlar o‗quvchining badiiy asardan olgan
bilimlarini hayotga bog‗lashga va badiiy matnning yangicha talqinlarini yaratishga
xizmat qiladi
45
.
Chindan ham fan dasturlarida, darsliklarda mavjud adabiy figuralar, Navoiy,
Bobur yohud Mashrab g‗azallarini, Fitrat, Qodiriy kabi jadid namoyondalari
asarlarini zamonaviylik prinsipida (badiiy asarni tushunishga xizmat qiladigan
boshqa yondashuvlarni ham unutmagan holda, albatta), vizual tahlilda o‗quvchini
o‗rab turgan muhitga, uning ruhiy, ma'naviy ehtiyojlariga bog‗lab o‗rgatish ko‗proq
44
Sonja Pflster Darlington. Literature as visual response and aesthetic experience: An
alternative approach. A Dissertation Submitted to the Graduate Faculty in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Dоtor of Philosophy. Iowa State University. USA, Iowa,
1990, P.24-25.
45
Arthur N.Applebee, Abdrea B. Bermuder etc. World Literature/ Evanston, Illinois, 2008.
samara bermaydimi? Masalan, Cho‗lponning ―Kecha va kunduz‖ romani tahlillarida
―Tasavvur qiling, Zebini sudda himoya qiluvchi advokatsiz. Zebi himoyasiga nutq
tayyorlang‖, ―Jadid savdogari tilidan aytilgan ―Ibtidoiy tarbiyani rus maktablaridan
boshlab bo‗lmaydi, uni milliy maktablarga berish kerak. O‗z millatini tanitgandan
keyin rus maktabiga berish kerakki, hunarga, ixtisosga tegishli ilmlarni o‗qisin‖
degan fikrini bugungi kun nuqtai nazaridan to‗g‗ri deya olasizmi?‖, ―Cho‗lponning
―Kecha va kunduz‖ romanida tasvirlangan biror bir voqeani tanlab, bu voqealar
sizning hayot yo‗lingizda qay darajada saboq bo‗lganligi haqida yozing. Fikrlaringiz
asosida partadoshingiz yoki yaqin do‗stingizga tavsiyalar bering‖, ―siz ham
hayotingizda Miryoqub kabi ichki ziddiyatlarga duch kelganmisiz? Bunda qanday yơl
tutganingizni ayta olasizmi?‖ kabi savollarning o‗rtaga tashlanishi ―Mirtemir hayoti
va ijodi haqida so‗zlab bering‖, ―shoirning birinchi she'ri va to‗plami qanday
nomlanadi‖, ―ular qachon e'lon qilingan?‖ singari o‗quvchining badiiy didi va
saviyasiga zang tushiradigan savollardan ko‗ra qiziqroq, hamki o‗quvchining adabiy
ta'limdagi faollashuviga rag‗bat berishda va badiiy asarni turli xil aspektlarda
tushunishda muhim omil bo‗ib xizmat qilmaydimi? Zotan, adabiyotni pragmatik
yondashuvda o‗rgatishning muhim xususiyatlaridan yana biri ―o‗rganuvchining ta'lim
olishdagi faollashuviga e'tibor qaratilishi‖
46
bilan ham belgilanadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim o‗quvchilarining fanlarga bo‗lgan munosabatini
tasdiqlovchi so‗rovnomalarda ular adabiyot fanidan ko‗ra ko‗proq ingliz tili, mehnat,
jismoniy tarbiya , matematika yoki psixologiya fanlariga qiziqishi va mazkur
fanlardan berilgan uy vazifalarini ishtiyoq bilan bajarishlari aks etgan edi. Sabab,
yuqorida qayd etilgan fanlarda o‗rganuvchilarning kundalik hayotdagi amaliy
tajribalari ma'lum ma'noda in'ikos etadi. Shu nuqtai nazardan o‗quvchilarda badiiy
asarni o‗rganish rag‗batining sustligi, bizningcha, adabiy ta‘lim va pragmatik
kompetentlik o‗rtasidagi aloqaning uzilib qolganligi hamda badiiy asarni o‗rganish
ularning individual tajribalaridan butunlay tashqarida olib borilayotganligi bilan
belgilanadi.
46
Van Dijk. Studies in the Pragmatic of Discourse. 1981. The Hague: Monton Publishers, 1981.Р.
|