“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


Pragmatik yondashuvni yuzaga chiqaruvchi navbatdagi tamoyil –  “o„quvchi



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
mirzayeva z metodika

2.
Pragmatik yondashuvni yuzaga chiqaruvchi navbatdagi tamoyil – 
“o„quvchi 
faol” (student–centered) tendensiyasini
kuchaytirish. O‗qitishda o‗rganuvchi 
faolligini oshirish, ta'lim jarayonlarini individullashtirish, ―nimani‖, ―qanday‖ va 
―nima uchun‖ o‗rganish, badiiy asar talqinida o‗quvchi fikrlarining hokimlik kasb 
etishi ―o‗quvchi faol‖ yondashuvining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Edvort 
ta‘biri bilan aytganda, ―o‗quvchi faol‖ yondashuvida keraksiz qog‗ozlar, ahamiyatsiz 
ta'limiy manbalarning kamayishi va eng muhimi – o‗rganuvchilarga allaqachon 
ma'lum bilimlarni qayta bayon qilish orqali vaqtni bekorga sovurish muammosi 
bartaraf etiladi‖
47
Badiiy asar va pragmatizm o‗rtasidagi munosabatni yuzaga chiqaruvchi 
vositalardan yana biri 
“kitobxon javobi” (reader response)
 
(ko‗p manbalarda bu 
retseptiv estetika
shaklida ham beriladi) yondashuvini adabiyot darslarida tatbiq 
etishdir. Kitobxon javobi konsepsiyasi (bu yagona metodologiyaga asoslanmasligi 
nuqtai nazaridan manbalarda ―nazariya‖, ―yondashuv", ―konsepsiya‖ shaklida 
turlicha talqin qilingan) o‗tgan asrning 70-yillarida Tompkinning ―Hikoyada 
kitobxon‖ nomli kichik tadqiqoti orqali kirib kelgan
48
. Keyinchalik mazkur nazariya 
turli xil olimlar tomonidan rivojlantirilgan. Kitobxon javobi nazariyasi kitobxon 
(o‗quvchi, talaba) va matn munosabatlariga, matnni estetik-emotsional qabul 
qilishning psixologik asoslarini kuzatish orqali har bir o‗quvchiga xos individual 
badiiy sezgilarni kashf qilishga qaratilgan. Demak, ―kitobxon javobi‖ yondashuvi 
asosida ham o‗quchi faolligi yotadi. Shu nuqtai nazardan ko‗plab metodist olimlar 
adabiy ta'lim, xususan badiiy asarni tushunish va adabiyotning pragmatik xususiyati, 
badiiy asar anglovining muvaffaqiyatli kechishida aynan mazkur yondashuv ko‗proq 
samara berishini ta‗kidlaydilar. ―Mazkur nazariyaning adabiyot darslarida tatbiq 
etilishi adabiy ta ‗limda yangicha yo‗nalislarni yuzaga chiqarish barobarida badiiy 
47
Edwards,R.Meeting individual learner needs: power, subject, subjection. In C. Paechter, M. 
Preedy,D.Scott, and J.Soler (Eds.), Knowledge, Power and Learning.London: SAGEб 2001, 37 б.
48
Tompkins. Jane. ed. Reader-Response Criticism. From Formalism to Post-Structuralism.
Baltimore: Johns Hopkins. 1980.


asar tahlilida o‗quvchi rolini qayta kashf etishda ham ahamiyatli, deb 
hisoblaydilar‖
49
. .
Ma'lum bo‗ladiki, badiiy matnni kitobxon javobi yondashuvida tahlil qilish 
o‗quvchilarni adabiy muzokaralarga yo‗naltirishda, o‗qituvchining an‘anaga aylangan 
magistral huquqini cheklashda, badiiy san‘atni idrok qilish kuchini namoyish etishda 
ahamiyatlidir. Pragmatik ta‘limning asosida bo‗lgan o‗quvchi hayotiy tajribasi, 
dunyoqarashi, avvalgi bilimlari majmui va o‗qish jarayonidagi emotsional holatlari 
badiiy asar tahlilida muhim faktorlardan biri bo‗lib xizmat qiladi.
Demak, badiiy asarga pragmatik yondashuv perspektiv talqinlarni yuzaga 
chiqarishi bilan birga badiiy asar tahliliga individual hayotiy tajriba, bilim, tafakkur, 
ma‘naviy ehtiyoj orqali kirib kelish tamoyilini ham shakllantiradi. Badiiy matnga 
shunchaki mutolaa obyekti sifatida emas, balki yozuvchi, badiiy matn va kitobxon 
o‗rtasidagi aloqa faoliyati sifatida qarashga rag‗bat beradi. Adabiyot yoshlarimizni 
o‗rab olayotgan muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega bo‗lmasa-da, u hayotni 
o‗rganish vositasi sifatida muhimdir, chunki har qanday asarda savob va gunohlar, 
hayotiy yo‗qotishlar, adolat, yaxshilik va yomonlik, sevgi va nafrat kabi qator 
tuyg‗ular in‘ikos etadi. Keng doiradagi nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, munosabatlar, 
tushunchalar eshigini ochadiki, badiiy asarda aks etgan voqea hodisalar orqali 
o‗quvchi eng kamida ozini taftish etish, tahlil qilish majburiyatini his qiladi, hayot 
haqidagi chalkash tushunchalarning asl mohiyatini anglaydi. O‗zi sevib, ma‘naviy 
ehtiyoji o‗laroq mutolaa qilgan badiiy asar namunasi va undan olgan xulosalari 
o‗quvchining hayot haqidagi qarashlarini, konsepsiyalarini tartibga solishda, to‗g‗ri 
tushunchalar strategiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar 
orqali dunyoni aql ko‗zi bilan ko‗ra olish qobiliyatini shakllantirishda esa pragmatik
ta‘lim muhim va o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Adabiyot kо‗ngildan paydo bо‗lib, kо‗ngillarga singadi. Biz nimaniki 
о‗ylamaylik, bajarmaylik, buning negizini ma‘naviyatga bog‗lab tushunadigan 
49
Sonja Pfister Darlington. Literature as visual response and aesthetic experience: An
alternative approach. A Dissertation Submitted to the Graduate Faculty in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Dоtor of Philosophy. Iowa State University. USA, Iowa, 
1990, P.56. 


xalqmiz. Qalbimizdagi ana shu yuksak ma‘naviy kuchning anglanishi, tanlanishi va 
hayotda о‗zini namoyon etishiga ona tilimiz va milliy adabiyotimiz betimsol quvvat 
baxsh etadi. Aslida ham о‗z hayotini umummilliy qarashlar tizimi asosida barpo 
etgan, ajdodlardan meros muqaddas buloqlardan suv ichib, tomir yozgan avlodlarni 
esa hech qanday kuch yengolmaydi. 
Bugungi jahon adabiy ta‘limida keng foydalanilayotgan nazariyalardan biri 
Gardner nazariyasidir. Amerikalik olim Govard Gardnerning 1991 yilda yaratilgan 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin