2. ―Pragmatizm‖, ―pragmatik yondashuv‖, ―pragmatik ta‘lim‖ kabi tushunchalar
haqida avval ham eshitganmisiz? Ularning ma‘ruza matnida aks etgan
ma‘lumotlar bilan qanday umumiy jihatlari bor?
3. Pragmatik ta'limning umumiy xususiyatlari haqida ma‘lumot bering. Pragmatik
ta‗limni yuzaga chiqaruvchi qanday tamoyillar mavjud?
4. Adabiyotning pragmatik xususiyati haqidagi fikrlaringizni muayyan badiiy asar
misolida izohlang.
5. Sonja Darlingtonning ―o‗quvchi hayotiy tajribasidan tashqarida tashkillashtirilgan
ta'lim vaqtni bekor o‗tkazishdir‖ fikrini hayotiy tajribangiz bilan bog‗lab tahlil
qiling. Siz adabiy ta‘limda o‗quvchi vaqtini samarali o‗tkazish uchun yana qanday
yondashuvlarni taklif qilgan bo‗lardingiz? Fikringizni aniq misollar bilan
izohlang.
6. ―O‗quvchi faol‖ (Student – centered) tendensiyasi asosida qanday xususiyatlar
yotadi? Adabiyot darslarida o‗quvchi faolligini oshirishda siz yana qanday
innovatsion yondashuvlarni taklif qilgan bo‗lardingiz?
7. Gardnerning ―turfa zakovatlar‖ nazariyasini adabiyot darslarida qo‗llashda qanday
to‗siqlar bo‗lishi mumkin? Bu to‗siqlarni bartaraf qilishning qanday yo‗llarini
taklif qilasiz?
8. Integratsiyalashgan ta‘limga xos xususiyatlar nimalardan iborat? Mavzuga kirish
uchun yo‗naltirilgan loyiha (Pre –teaching project) adabiy ta‗limdagi o‗rnini
qanday izohlaysiz? Fikrlaringizni hayotiy tajribangiz asosidagi aniq misollar bilan
dalillashga harakat qiling.
BLUM TAKSONOMIYASI VA ADABIY TA‟LIM. ADABIYOT O„QITISH METODIKASI FANIDA MOTIVATSIYA