“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98
mirzayeva z metodika

tarixiy aspektdagi 
yondashuv loyihasi
bо‗lib, bu usul tarixiy detallarning badiiy asarda aks etishi, real 
va badiiy voqelik о‗rtasidagi о‗xshash va farqli jihatlar, tarixiy voqealarning 
jamiyatga, xususan, ijodkorga ta‘siri muammolarini о‗rganishda talabalarga yengillik 
tug‗diradi. Xorij tajribasida badiiy asarlarni о‗rganishda tarixiy aspektdan foydalanish 
kо‗p yillardan beri amaliyotga tatbiq qilingan va bunday о‗qitish uslubini g‗arb 
olimlari matnni reallik bilan ajralmagan holda tushunish va tushuntirishdagi eng 
maqbul yо‗l sifatida e‘tirof etishgan
.
Ma‘rifatparvar Abdurauf Fitrat ijodini tarixiy aspektda о‗rganish ijodkorning 
dunyoqarashi, о‗zi yashayotgan jamiyat psixologiyasi va ijtimoiy-siyosiy muhitga 
nechog‗liq bog‗liq ekanini aniqlashda; jadid davriga xos yozuvchi psixologiyasidagi 
fikriy yо‗nalishlar tadrijini belgilashda; davr voqea-hodisalari bilan bog‗liq har bir 
detal yoki kartinaning yozuvchi poetik tafakkuri hamda estetik idrokida sintezlanishi, 
adabiy jarayonda aks etishi darajasini aniqlashda hamda yozuvchi shaxsiyati va 
dunyoqarashining shakllanishi, taraqqiy etishi, ijodidagi о‗sish-о‗zgarishlar, u yoki 
bu asarining yozilish tarixi haqidagi talqinlarni haqqoniy ifodalashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Zero, jadid ma‘rifatparvarlari tomonidan yaratilgan har bir ijod 
namunasida davr voqelari asosidagi ijtimoiy va hatto siyosiy mohiyat kasb etadi. 
Chunki ularning insoniylik tuyg‗ulari millat taqdiriga mas‘ullikdan ajralmagan. 
Bugungi kun jahon tajribasidagi adabiyot fanlarini о‗qitishdagi yana bir 
an‘anaga aylangan usul bu badiiy matnni 
siyosiy aspektda о„rgatish yoki о„rganish 
usulidir.
 
Bunday yondashuvda о‗qituvchi talabalarga ijodkor yashagan shahar yoki 
mamlakat siyosati, asar yaratilishi bilan bog‗liq siyosiy voqealar yuzasidan kichik 
taqdimotlar tayyorlab kelishni vazifa qilib beradi. Bu yondashuv о‗quvchiga davr 
siyosiy harakatlari, ularning jamiyatga, xususan, ijodkor tafakkuriga ta‘siri, uning 


badiiy asardagi talqini, real voqelikning ijodkor ongidagi sintezi masalarini qiyoslab 
о‗rganishga imkon yaratadi.
Ayrim olimlar bu yondashuv vositasida ijodkor millatiga xos an‘analar, urf-
odatlar, kiyinish madaniyati va hatto iste‘mol qiladigan taomlarini ham о‗rganish 
zarurligini ta‘kidlaydilarki, bu talabalarni badiiy matnga munosabati va qiziqishini 
yanada oshirishda muhim omil bо‗lib xizmat qiladi.
Badiiy asarda aks etgan mifologik detal yoki voqea hodisani ma‘lum bir suratlar 
yoki diniy qarashlarga asoslangan rivoyatlar suratlari, kolleksiyalari yoki shu 
asarlarda aks etgan manbalardan foydalanish badiiy matnni tushunish va anglashga 
rag‗batni kuchaytiradi. Masalan, Muhammad Raufxonning ―Etakdagi kulba‖ asarini 
mifologik kolleksiyalar usulida о‗rgatish yaxshi samara beradi. Chunki hikoyaning 
kо‗p о‗rinlarida muallif mifologik detallar yoki mifologik ottenkaga ega bо‗lgan sо‗z 
iboralaridan foydalangan. Bunga misol qilib ―jin kо‗chalar‖ sо‗z birikmasini 
olishimiz mumkin. Kо‗chaning aynan ―jin‖ deb nomlanishi bilan bog‗liq diniy 
qarashlar, rivoyatlarning о‗qituvchi tomonidan о‗quvchilarga tushuntirilishi ularning 
badiiy matn ruhiga kira olish darajasini oshiradi.
Adabiyot fanlarini о‗qitishga qaratilgan xorij dasturlarining deyarli barchasida 
―Adabiyot va kino‖ nomli mavzu mavjud bо‗lib, unda talabalar asar va uning kino 
talqinlaridagi tafovutlar, badiiy matn asosidagi kinossenarining о‗ziga xos 
xususiyatlarini qiyoslab о‗rganish imkoniga ega bо‗ladilar.Qolaversa, obrazlar tizimi, 
ularga yuklatilgan g‗oyaviy funksiyalarni kо‗rish va tasavvur qilish orqali muayyan 
asarda aks etgan voqealarni о‗quvchi ongida jonlantirish va anglash imkoniyati 
kengayadi.
Bugungi globallashuv davrida barcha fanlar qatorida adabiyot fanini 
о‗qitishning 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin