“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


- Hikoya asosida she‘r yarating va unga musiqa bastalang



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
mirzayeva z metodika

 
- Hikoya asosida she‘r yarating va unga musiqa bastalang. 
 
4. Voqelikni tashki belgilar orqali kо„rish qobiliyati (Visual-Spatial 
Intelligence). 
Bunday qobiliyatga ega о‗quvchilarga muayyan badiiy matnni kartalar, 
suratlar, illyustratsiyalar, uch o‗lchamli modellari, videolar, videokonferensiyalar, 
televideniye, grafiklar va chartlar orqali о‗rgatish tavsiya etiladi. Bunday zakovat 
egalarining о‗zlari ham asarni mana shunday tashqi omillar orqali о‗rganishga 
xayrixoh bо‗ladilar. Gardner nazariyasiga asoslangan bunday yondashuv uslubi bir 
paytning о‗zida ham kо‗rish, ham eshitish va ham tafakkur qilish orqali muayyan 
50
G. Gardnerning mazkur nazariyasi butun dunyoda tajriba sinovidan muvaffaqiyatli o‗tgan va 
o‗qitishning eng samarali metodlaridan biri sifatida jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridagi 
ta‘lim dargohlarida o‗qitilmoqda. Ushbu nazariyaning mazmun mohiyati, ta‘limdagi ahamiyati 
xususida yuzlab tadqiqotlar yaratilgan. Qarang: 
www. howard gardner. multiple intelligence. 


badiiy asar mohiyati, muallifning poetik tasvirlash mahoratini chuqur idrok eta olish 
imkoniga ega bо‗ladilar.
- A. Qahhorning ―Dahshat‖ hikoyasi syujetini ranglar orqali ifodalang. 
- Hikoya asosida multfilm yarating.
- ―Dahshat‖ hikoyasidagi Dodxoh, Unsin va maymun obrazlarini rangli tasvirlarda 
bering va yaratilgan san‘at asaringizni matn bilan qiyoslab izohlang. 
- Hikoyani grafik organayzerlar orqali tahlil qiling 
- Abdulla Qahhor yashagan va ―Dahshat‖ hikoyasida tilga olingan hududlarning 
geografik kartasini yarating.
5. О„zaro muloqotga asoslangan zakovat (Interpersonal Intelligence)
Bunday zakovatga ega о‗quvchilar badiiy matn anglovida boshqalarning qarashlari, 
fikr mulohazalariga ham tayanadilar. Atrofidagilarning fikri ularda yangi 
g‗oyalarning tug‗ilishiga rag‗bat berishi mumkin. О‗zaro muloqotga asoslangan 
zakovat turida guruhlar bilan ishlash, muayyan badiiy asardagi muammoli 
vaziyatlarni birgalikda hal qilish, badiiy asar asosida guruh loyihalarini yaratish, 
qahramonlar nutqi asosida dialoglar tuzish tavsiya etiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin