“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


Mantiqiy matematik zakovat (Logical-Mathematical Intelligence) –



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
mirzayeva z metodika

2. Mantiqiy matematik zakovat (Logical-Mathematical Intelligence) – 
asosan muayyan matn ichki va tashqi hayotiga yashiringan ma‘nolarni deduksiyaga 
(umumiy vaziyatlardan xususiy xulosalar chiqarish) asoslangan holda inkishof etish. 
О‗quvchilardagi bunday qobiliyat asosan ilmiy va matematik tafakkurga asoslanadi.
- Hikoyadagi muammoli vaziyatlarni toping va tahlil qiling. 
- Adabiyotshunoslikdagi makon va zamon tushunchasini ―Dahshat‖ hikoyasi 
misolida izohlang. 
- Hikoyaning mantiqiy asosini ishlab chiqing. 
- ―Dahshat‖ hikoyasi syujeti dinamikasini jadval asosida tushuntiring. 
- Hikoyaga tanqidiy baho bering. 
- Hikoyadagi vaqt jadvalini yarating. 
3. Jismoniy harakatga asoslangan zakovat
(
Bodily-Kinesthetic Intelligence) 

muayyan badiiy matnni, kitobxon fikr mulohazalarini tana a‘zolari vositasida 
ifodalash usuli. О‗rganishning bu turi inson tana a‘zolari harakatiga asoslangan 


bо‗lib, Gardner ta‘rifi bilan aytganda, bunday zakovat egalari jismoniy faoliyat 
vositasida muloqot qilishni sevadilar, ayni о‗rinda ularga biror bir badiiy asarni sahna 
kо‗rinishlari, turli xil harakatlar orqali о‗rgatish kо‗proq samara beradi
50
.
- A. Qahhorning ―Dahshat‖ hikoyasi asosida sahna asari yarating. 
- Hikoyadagi Dodxo obraziga xos xususiyatlarni harakatlar orqali kо‗rsatib bering. 
- Unsinning qabristondagi holatini jismoniy harakatlar orqali qanday tasvirlagan 
bо‗lardingiz. 
3. Musiqiy zakovat
(
Musical Intelligence)
– musiqa vositasida о‗rganish usuli. 
Musiqiy zakovat egalarida chuqur idrok, ohang va tovushlarga sezuvchanlik 
qobiliyati namoyon bо‗ladi. Bunday zakovat egalarida musiqaga muhabbat alohida 
ahamiyat kasb etadi va ular atrofidagi tovushlarga nisabatan о‗ta sezuvchan 
bо‗ladilar. Bunday iste‘dod egalariga badiiy matnni musiqa, musiqiy nutq, tovushlar, 
ohanglar orqali о‗rgatish ijobiy natijalar beradi.
- ―Dahshat‖ hikoyasi ruhiga mos musiqa yarating. 
- Hikoyadagi Unsunning his tuyg‗ulari, iztiroblarini qanday ohanglarda ifodalash 
mumkin. Rejissyorga tavsiyalar bering.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin