“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov


  Materialni taqdim qilishning  turli shakllaridan



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98
mirzayeva z metodika

2. 
Materialni taqdim qilishning 
turli shakllaridan
(ma‘ruza, savol-javob, o‗yin, 
multimediya vositalari) o‗z o‗rnida foydalanish. 
3.
O‗quvchilarning o‗z oldilariga 
konkret va realistik maqsadlar
qo‗yishlariga 
yordam berish.
51
Harter, Susan. A New Self-Report Scale of Intrinsic versus Extrinsic Orientation in the 
Classroom: Motivational and Informational Components. University of Denver, 1981


O‗quvchilarda motivatsiyani ushlab turish uchun quyidagi 
tamoyillarga
amal 
qilish lozim; 
1. 
O‗quvchilardan 
nima kutilayotgani
haqida o‗quvchilarga 
aniq 
ma‘lumot 
berish 
O ‗quvchilar o‗quv yili, semestr (chorak) va dars davomida nimalarni 
o‗rganishlarini hamda qanday baholanishlarini aniq bilsalar, bu ularning fanga 
bo‗lgan munosabatiga ijobiy ta‘sir qiladi. Shuningdek, dars yoki nazorat paytida 
o‗quvchilarga topshiriq berayotganda ulardan nima kutilayotgani, bu topshiriq 
qanday mezonlar asosida baholanishi haqida aniq ma‘lumot berilishi lozim. 
Amerikalik olimlar Grehem, Makartur va Shwarts (Graham, MacArthur and 
Schwartz) o‗tkazgan bir tajribada o‗zlashtirishi sust bo‗lgan beshunchi vaoltinchi sinf 
o‗quvchilariga insholarini qaytadan yzish topshirilgan va bir guruh o‗quvchilarga 
―yaxshiroq yozinglar‖, ikkinchi guruhga esa ―insongizga mavzu bo‗yicha kamida uch 
ma‘lumot qo‗shing‖ deyilgan. Ikkinchi guruh qaytadan yozib kelgan insholar 
yaxshiroq bo‗lgan, chunki ular nima qilishlari kerakligini aniq bilishgan.
2.
Aniq 
fidbek
berish 
Fidbek
(inglizcha ―feedback‖) – birovning mehnati, hatti-harakatlari natijalari 
to‗g‗risida ma‘lumot. Fidbek aniq bo‗lishi lozim, masalan, o‗quvchiga inshosi haqida 
fidbek berayotganda ―yaxshi yozibsan, inshoing menga yoqdi‖ degandan ko‗ra 
―yaxshi yozibsan, inshoing menga yoqdi, Kumush va Zaynab obrazlarini solishtirib, 
ularning o‗xshash va farqli jihatlarini ochib beribsan, fikrlaringni asoslash uchun 
asardan misollar keltiribsan‖ deyish o‗quvchiga yaxshiroq ta‘sir qiladi va o‗quvchi 
aynan nima uchun inshosi yaxshi baholanganligi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗ladi. 
O‗qituvchi o‗quvchilarga ularning dars davomida yoki darsdan tashqari bajargan 
mashq va topshiriqlari yuzasidan aniq, o‗z vaqtida va tez-tez ma‘lumot bersa, 
o‗quvchilar o‗zlarining yutuq va kamchiliklari nimalardan iborat ekanligi haqida aniq 
tasavvurga ega bo‗lsalar, bu ularning motivatsiyasiga ijobiy ta‘sir qiladi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin